Xitoycha bulyon

Zanjabil va vinoli klassik xitoycha bulyon!To'yimli, ziravorlarning xushbo'y hidili va vino taninlar mazasili. Bunday ta'mlar turli xilligi dunyo bo'ylab ovqat shinavalasilarni lol qoldiradi!
Бульон по-китайски
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 2 soatdan ko'p
Количество порций Porsiyalar soni 8 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Suv
3,5 litr
Tovuq
750 gramm
Cho'chqa qovurg'alari
750 gramm
Zanjabil
2-4 bo'lakcha
Ko'k piyoz
3-4 bog'
xeres spirtsiz vino
3-4 osh qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich

Mazkur bulyon xitoy oshxonasida suyuqlik kerak bo'lgan ko'p taomlarda asosi bo'ladi. Tovuq va cho'chqa qovurg'alarini ortiqcha yog'dan tozalab, yirik bo'lakchalarga to'g'rash kerak.

2-bosqich

Go'shtning hammasini suv solingan kastryulga solib, undan tashqari sal ezilgan zanjabil, kichkina bog'larga boylangan piyoz patlarini qo'shish kerak.

3-bosqich

Bulyonni qaynatib ustidagi ko'pikni olib tashlash kerak. So'ng olovni pasaytirib yana 2-3 soat qaynatish kerak bo'ladi (go'sht yumshoq bo'lishi uchun).

4-bosqich

Bulyonni chovlidan to'kib, ichidagi barcha go'sht va sabzavotlarni olib tashlaymiz.

5-bosqich

Endi bulyonga spirtsiz xeresni qo'shamiz (yoki asl reseptidagiday guruch vinosini) va yana 2-3 daqiqa qaynab turishga olovga qo'yamiz.

6-bosqich

Bulyon tayyor! Uni sovutkichda 4-5 kun davomida saqlasa bo'ladi. Go'shtni esa dasturxonga bulyonni tortishdan oldin ichiga solsa bo'ladi.