Sarimsoq sho'rva a'lo darajadagi tabiiy dori hisoblanadi. U immenitetni kuchaytirishga, shomollash kasalliklari va gripp bilan kurashishga yordam beradi.…
Choyga shirinlik! Oson va tez tayyorlanadi va chernika tufayli parhez desert hisoblanadi.
Bunaqasini hali yeb ko'rmagansiz! Klyukva sharbatida tayyorlangan manniy krupa va mikserda yaxshilar aralahtirilgan.…
Tuxum va pishloq - Shved dasturxonining mazali delikateslaridan biridir! Oltin rang qovurilgan togo pishlog'i…
Nonushtaga mazali va foydali suli pechenye! Pechenyeni bolalarga issiq sut bilan tortsa bo'ladi,…
Tassavvur qiling, mazali losos bo'lakchalari va oddiy qaynatilgan kartoshka ustidan qaymoqli sho'rva quyilgan va ozgina…
Ko'pincha mamlakatlarning oshxonasida turli xil go'shtlar, sut bilan baliq, ayrim reza mevalarni tuz bilan birlashtirib bo'lmaydi. Bu taqiqlar Finlyadiyaga tegishli emas, chunki bu yerda bir biriga umuman mos kelmaydigan masalliqlardan taomlarni tayyorlash odatga kirgan. Fin oshxonasida fazilatlardan biri - bu ovqatni sovuq holda iste'mol qilishdir, hamda sut mahsulotlarning turlarini ishlatishdir.
Zamonaviy finlarning avlodlari, shved kolonizatorlar hukmi ostida va suvga yaqin yashagan dehqonlar bo'lishgan. Ular faol ravishda baliq ovi va o'rmon hayvonlari ovi bilan shug'ullanishgan. Bundan tashqari, Finlyandiyaning zamonaviy oshxonasiga Shvesiya, Rossiya va Vengriyaning an'analari tarixiy ta'sir ko'rsatgan. Go'sht, baliq va sut mahsulotlarning ko'pligi, asosan geografik joyi, sovuq iqlim va aholi hunaridan bog'liq.
Agar siz haqiqiy findan milliy taom tayyorlab berishini so'rasangiz, u sizga Kalekukko baliqlli pirog, ayiq yoki bug'u go'shti, qaymoqli kartoshka yoki karamli, makaronli, sabzili, jigarli toblama taklif etishi mumkin. Mehmondo'st fin desertga sizga reza mevali pirog yoki javdari undan quymoqlar tayyorlab beradi. Bularni barchasini esa qaymoq va reza mevali kisel bilan ichishni taklif etadi. Fin oshxonasida o'zgacha an'analardan biri bitta taomda baliq va go'shtning birikmasi, qaynatishdan oldin perlovkani (1 sutka!) davomida sutda bo'ktirib qo'yish, baliqni sutda toblash, hamda go'sht uchun qayla tayyorlashda turli xil reza mevalarni ishlatishdir.
Biz uchun birinchi taomni bayram dasturxoniga tortish o'zgacha an'ana tuyulishi mumkin. Lekin finlar aynan shunday qilishadi. Shunga qaramay, mahalliy oshxonada sho'rvalar reseptlari yetarlicha: Klimpisoppa (kleskali sho'rva), Kalakeytto (sutli-baliqli sho'rva), fincha sho'rva, qo'ziqorinli kefirli sho'rva, Hernekeytto (no'xat sho'rva). Bu taomlarni oilaviy bayram dasturxonida sovuq zakuska va kartoshka hamda javdari nonlar bilan an'anaviy baliq taomi Fraavilohi bilan birga uchratsa bo'ladi.
Agar qandaydir fin taomini tayyorlashni istasangiz, unda xohish bo'yicha baliq, qo'ziqorin, go'sht, sabzavotlar, krupalar va sut ishlatsangiz bo'ladi. Ushbu mahsulotlar to'plamidan siz sovuq Finlyandiya territoriyasida paydo bo'lgan reseptlardan birini birlashtirishingiz mumkin. U yerdagi deyarli barcha taomlar juda to'yimli va tayyorlanishi oson. Biz uchun ayrim masalliqlar noyob ko'rinishi mumkin, lekin ular uchun odatiydir: bug'u, los, ayiq go'shti… Asosan qiyin fin nomlar ostida esa, bizga tanish va tayyorlashda juda mazali taomlar tayyorlanadigan masalliqlar yashirinadi.