"Kalakeytto" Fin qaymoqli-baliqli sho'rva

Tassavvur qiling, mazali losos bo'lakchalari va oddiy qaynatilgan kartoshka ustidan qaymoqli sho'rva quyilgan va ozgina yog', hamda xushbo'y ko'kat qo'shilgan taom va issiq non!
Финское овсяное печенье
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 4 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Losos
1 kilogramm
Suv
1 litr
Tuz
1 choy qoshig'i
Piyoz
1 dona
Qora tuyilgan murch
ta'bga qarab
Ukrop
ta'bga qarab
Porey piyozi
30 gramm
Kartoshka
4 dona
Sut
400 millilitr
Bug'doy uni
1 osh qoshig'i
Ko'k piyoz
ta'bga qarab

Tayyorlanishi

Baliq lahmini tozalaymiz. Suyaklarini esa yirik to'g'ralgan piyoz va ziravorlar bilan qaynatamiz. Taxminan 20 daqiqa qaynatamiz. Suyuqlikni boshqa kastryulga suzgichdan o'tkazamiz. Suyuqlik qaynaganidan so'ng, tozalangan va xalqacha shaklida to'g'ralgan porey piyozini, kubik qilib to'g'ralgan kartoshkani qo'shamiz. Taxminan 15 daqiqa qaynatamiz. Baliqni bo'lakcgalarga to'g'rab sho'rvaga qo'shamiz. Yana besh daqiqa qaynatamiz. Unni sut bilan aralashtiramiz va sho'rvaga qo'shamiz. Bir necha daqiqa qaynashga qo'yamiz. Mayda to'g'ralgan ukrop ko'kati va piyozni qo'shamiz.