Rus Oshxonasi Reseptlari

Блины на майонезе
Mayonez asosida quymoqlar

Maslenisa boshlanmoqda va uy bekalari oila a'zolarini ajablantirish uchun, sinalgan quymoqlar reseptini izlashadi. Bu reseptni…

Оладьи с корицей и яблоком
Dolchin va olmali oladyalar

Oson va juda mazali oladusheklar varianti barchaga juda yoqadi!

Малосольные огурцы
Nimtatir tuzlangan bodiringlar

Kartoshkali taomlar uchun ajoyib zakuska! Kichkina bir sir tufayli, bu bodiringlar kasir - kusur bo'lib chiqadi - ularning tayyorlanishi…

Бефстроганов
Befstroganov

Bu taom turlicha nomlanadi - «Bef-Stroganov», «Bef a lya Stroganov», Strogancha go'sht, lekin ko'pchilik…

Быстрая яблочная шарлотка
Tez tayyorlanadigan olmali sharlotka

Sharlotka - bu barcha xush ko'radigan mazali, mevali yumshoq pirog! An'anaviy oson reseptni taklif etaman…

Кукурузная каша
Makkajo'xori bo'tqasi

Makkajo'xori krupasi va sutda pishiriladigan bo'tqa resepti. Nonushtaga mazali va foydali makkajo'xori bo'tqasi!

Rus oshxonasi

Rus oshxonasining fazilatlari va an'analari

Mahalliy oshxonaning an'analari asosan dehqonlar oilalarida shakllangan. Ularning dasturxonlarida doim to'yimli turli xil taomlar bo'lgan. Ular orasida suyuq va quyuq obiyovg'onlar,qaynatma ovqatlar, turli xil masalliqli pishiriqlar, dimlangan go'sht, quymoqlar, sabzavotlar va juda ko'p boshoqlilar. Ro'za davrida rus yerlarning aholisi faqat tabiat in'omlarini iste'mol qilishgan, va hayvonlardan olinadigan oziq - ovqatlardan o'zligini cheklashgan. Bu an'ana hali hamongacha saqlangan.

Rus oshxonasi birinchi taomlar soni bo'yicha eng boylaridan biri hisoblanadi. Ular orasida, an'anaviy shchi, rassolnik, yushka, solyanka, kalya, okroshka, botvinya, svekolnik, kulesh. Go'shtli mahsulotlar orasida rus dehqonlari quyidagilarni iste'mol qilishgan: mol go'shti, ayiq go'shti, cho'chqa, bug'u go'shti va har xil qushlar. Yer don ekinlariga boy bo'lgani uchun, har bir uy bekasining oshxonasida doim un bo'lgan. Natijada esa shirin, nordon va tuzli (hattoki ugrali) masalliqli turli xil piroglar paydo bo'lgan.

Sabzavotlar orasidan doimiy ravishda lavlagi, sholg'om, karam, bryukva, keyinchalik mashhur bo'lib ketgan kartoshka ularni siqib chiqargan. An'anaviy pazandalikning o'ziga xos xususiyati shunda-ki, ovqat tayyorlash uchun barcha masalliqlar, qozonga butunlay solinadi yoki katta bo'laklarga to'g'raladi.

Mahsulotlarni termik ishlash turlari

18-asrgacha bo'lgan taomlarga e'tibor bersak, rus oilalar sabzavotlar, go'sht va don ekinlarini asosan qaynatishgan, dimlab pishirishgan. Qovurish esa ancha kech qo'llanilgan, ya'ni an'anaviy pechlar o'rniga uy plitalarni ishlatishni boshlashganda. Rossiya iqlimi juda sovuq bo'lgani uchun, aholi bu fazilat bilan ham foydalanishar edi va natijada ilvira, studen, kisel va turli xil jelega o'xshash suyuqliklar tayyorlashgan.

Pyotr Birinchi hukmronligi davrida rus pazandachilik an'analari sezarlicha g'arb taomlari bilan boyigan, masalan, befstroganov, "Olivye" salati, vinegret, mayonez, va "Napoleon" torti. Bugungi kunda ushbu reseptlar rus oshxonasiga kiritilgan. Ilgari mamlakat territoriyasida ot va buzoq go'shti taqiqlangan, lekin hozir esa mahsulotlar bo'yicha hech qanday tabu (taqiq) mavjud emas.

Ichimliklar va shirinliklar

An'anaviy quymoqlar, vatrushkalar, pryanik va turli xil piroglardan tashqari, rus yerlarning aholisi pishiriqlar ichini to'ldirish uchun, sirniklar, zapekankalar va sutli kisellar uchun sut-qatiq mahsulotlarni ishlatishgan. Pirojoklar va kulchalarni mors, o'tli choylar va kvas bilan iste'mol qilishni xush ko'rishgan. Spirtli ichimliklar orasida medovuha, pivo va nastoykalarni ichishgan.

Shirin taomlarni tayyorlash uchun meva va rezalarni terishgan, qaymoq, chuchuk qatiq, tuxum ishlatishgan. Ko'pincha reseptlar ayrim hollar uchun mos bo'lgan. Masalan, quymoqlarni ko'pincha ma'rakalarga tayyorlashgan, kut'ya bo'tqasi esa yangi yil yoki rojdestvo bayramlariga tayyorlangan, kurnik va karavayni esa to'yga pishirishgan. Pivo va kvas uyda pishirilar edi, choy esa samovarda damlanar edi.

Zamonaviy rus oshxonasi eski dehqon oshxonasidan farqlanib tursa ham, lekin hali hamon to'yimli, mazali va turli xil reseptlarga boy bo'lib qolgan. Ushbu reseptlarni butun dunyo bo'ylab zamonaviy uy bekalari mamnuniyat bilan ishlatishadi.