Dolchin va olmali oladyalar

Oson va juda mazali oladusheklar varianti barchaga juda yoqadi!
Оладьи с корицей и яблоком
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 4 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Sut
1 stakan
Olma
1 dona
Shakar
4 osh qoshiq
Bug'doy uni
100 gramm
Tuz
ta'bga qarab
Xamir yumshatgich
1 choy qoshig'i
Dolchin
1 choy qoshig'i
Vanil shakari
1 choy qoshig'i
Sariyog'
1.5 osh qoshig'i
Tuxum
1 dona

Tayyorlanishi

1-bosqich

Quruq masalliqlarni aralashtiramiz: un, shakar, xamir yumshatgich, vanil shakari, dolchin, muskat yong'og'i, tuz.

2-bosqich

Sariyog'ni eritamiz va xona haroratiga tushguncha sovutamiz.

3-bosqich

Alohida idishda tuxumni chaqib, mikserda ko'pirtiramiz, sut qo'shamiz, keyin yana 2 daqiqa ko'pirtiramiz. Mazkur aralashmaga eritilgan sariyog'ni solamiz.

4-bosqich

Quruq masalliqlarga suyuq aralashmani qo'shamiz, va mikserda bir xil bo'lguncha aralashtiramiz (barcha yumaloqlar yo'q bo'lguncha).

5-bosqich

Odatda men bitta yirik, yoki ikkita kichkina olma olaman. Olma navi muhim emas. Olmani po'stini archib, o'rtadagi danagini olib tashlaymiz. Yirik qirg'ichdan o'tkazib uni xamirga qo'shamiz.

6-bosqich

Qizib turgan tovaga o'simlik yog'idan quyamiz va oladyalarni ikki tomonini ikki daqiqadan qovurib chiqamiz.

7-bosqich

Tayyor bo'lgan oladyalarni qog'oz sochiq yoki salfetkalarga qo'yishni tavsiya etaman, shunda ortiqcha yog' salfetkada qoladi.

8-bosqich

Dasturxonga qand tolqonini sepib tortishni tavsiya etaman, chunki oladusheklar ponchiklarga o'xshab chiqadi! Yoqimli ishtaha!