Rukolani yuving va quriting. Barglarni katta likobchaga soling va piyoz, qo'ziqorin va pomidorlarni qo'shing.…
Katta tovoqqa un, tuxum, quruq sut, o'simlik yog'i va tuzni soling. Hammasini aralashtiring…
Ha ha, "Saudiya" va "Shampan" bir biriga mos kelamaydigan narsalar-ku deb o'ylagan bo'lsangiz kerak. Lekin yo'q! Bu ichimlik…
Mashhur zakuskaning yurti Livan va Suriya bo'ladi. Ozgina kashnich, yalpiz, pomidor va zaytun yog'i#8230;
Bu juda to'yimli, haqiqiy sharq nonushtasi! Unda sutning yengilligi va yaxshilab qovurilgan qiyma uyg'unlashadi, а…
Tayyorlash uslubi juda oson. Shunchaki, barcha masalliqlarni mayda to'grang va yaxshilab aralashtiring.
Arab mamlakatlarning oshxonasidagi fazilatlaridan biri, jamiatning musulmon qismi cho'chqa go'shtini iste'mol qilmaydi. Har bir o'zini hurmat qiladigan xristian hayotida bir marta bo'lsa ham haqiqiy arab qahvasini ichib ko'rishga harakat qiladi. Arab mamlakatlarida ushbu qahva o'ziga xos ichimlik hisoblanadi, uni tayyorlash jarayoni bir marosimday o'tadi.
Sharq bilan bog'liq barcha narsalar kabi, arab oshxonasi ham katta bir sirday tuyuladi. Livan aholisi go'sht qizil jildga ega bo'lib pishishi uchun qanday sehr ishlatadi?! Ikkinchi taomlarni tayyorlash uchun, o'ta xushbo'y marinadni tayyorlashni suriyaliklar qanday uddalashadi? Bu yerda hech qanday sir yo'q, faqat Sharq oshxonasini yaxshiroq bilish kerak halos.
Deyarli barcha arablar to'yib ovqatlanishni xush ko'rishadi, o'z rasionlarida esa mazali va xushbo'y sho'rvalar, krupalar, marinadlar va boshqa mahsulotlarni iste'mol qilishadi. Go'shtlardan esa Amirlik, Saudiya Arabiston, Yaman va boshqa mamlakatlar aholisi, buzoq, qo'y, qo'zi kabi go'shtlarini iste'mol qilishni afzal ko'rishadi. Bundan tashqari, arab oshxonasida dengiz mahsulotlari bilan ko'p reseptlarni topsa bo'ladi.
Sharq pazandalikning fazilati xilma-xilligidadir. Mamlakatning joylashgan yeridan va mahsulotlarni ishlatilishidan taomni tayyorlash qoidalari kelib chiqadi. Masalan, Qatar aholisi deyarli barcha reseptlarga yog', tuya suti va xurmo qo'shadilar. Baxraynda esa sizni xurmo yoki shakarli guruchdan tayyorlangan desert bilan ajablantirishlari mumkin.Deyarli barcha arablar chuchuk suvni ardoqlashadi.
Bunday farqlarga qaramay, arab mamlakatlarning oshxonasida umumiy narsalar ko'p. Bular syaxni, kuba yoki lyaban-xamid, falafel va magriba kabi an'anaviy taomlardir. Qovurilgan go'shtni tayyorlash uchun, arab tovaga o'simlik yog'ini quymaydi. Avval tovani uch yuz gradusgacha qizitadi, ozgina moy qoshadi va undan so'ng go'sht parchasini soladi. Bunday uslub mahsulotning shirasini maksimal darajada saqlaydi va kasir-kusur jild bilan ta'minlaydi.
Arab oshxonasining taomnomasida qo'y go'shtidan taomlarni ko'p uchratsa bo'ladi. Sharq odamlari turli xil reseptlarda qo'y go'shtini butunlay (ichak-chovoqlar bilan) ishlatadilar. Ziravor sifatida piyoz, qizil qalampir, za'faron, xantal va boshqa tabiiy xushbo'y qo'shimchalar ishlatiladi. Go'shtning ichi esa mayizli guruch, bodom, anjir bilan to'ldiriladi.
Garnirlardan esa arablar kus-kus, bug'doy, loviya va yasmiq'ni xush ko'rishadi. Qushlardan esa ular tovuq va kaptar (ayrim viloyatlarda) go'shtini iste'mol qilishadi. Go'shtni oldiga ko'pincha qaynatilgan yoki dimlangan sabzavotlarni, hamda meva qoqilarini solishadi. Meva qoqilari esa arab oshxonasida ajralmas qism hisoblanadi.
Arab mamlakatlarda desertlarni guruch, xamir xurmo qoqilari, shakar, asal va turli xil qiyomlarni qo'shgan holda tayyorlashadi. Shirinliklarni esa xushbo'y shakarsiz qahva yoki achchiq qora choy bilan iste'mol qilishadi. Ko'pincha arab mamlakatlarda mehmonlarni mehmon qilish va ovqatlanish bilan bog'liq bo'lgan bir qator urf-odatlar bor.