Tunesli Saudiya pirogi

Саудовский пирог с тунцом
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 2 soatdan ko'p
Количество порций Porsiyalar soni 8 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Xamir uchun
Bug'doy uni
350 gramm
Tovuq tuxumi
1 dona
Quruq sut
25 gramm
O'simlik yog'i
5 osh qoshig'i
Tuz
1 osh qoshig'i
Suv
150 milliltr
Qiymasi uchun
Tunes
400 gramm
Limon sharbati
50 milliltr
Tomat pastasi
30 gramm
Suv
170 milliltr
O'simlik yog'i
1 osh qoshig'i
Qizil piyoz
1 dona
Sarimsoq
6 pallacha
Cherri pomidorlari
300 gramm
MAGGI tovuq bulyoni
20 gramm
Achchiqmas chili ziravori
1 osh qoshiq
Kashnich barglari
50 gramm

Tayyorlanishi

1-bosqich

Katta idishda un, tuxum, quruq sut, o'simlik yog'i va tuzni aralashtiramiz. Aralashma uvalanib ketadigan ushoqchalar bo'lgunicha aralashtiramiz. Yumshoq xamir shakllanishi uchun, sekin-asta suv quyamiz va aralashtiramiz.

2-bosqich

Xamirni ikki qismga bo'lamiz. Va 1-2 soat dam olishi uchun qopqoq bilan yopiq qo'yamiz.

3-bosqich

Baliqni kichkina bo'lakchalarga kesamiz. O'rtacha idishda baliq bo'lakchalarini limon sharbati bilan aralashtiramiz va sovutgichga 30 daqiqaga marinadlanishga solib qo'yamiz.

4-bosqich

Kastyulda o'simlik yog'ini qizitib olamiz, piyoz va sarimsoqni qo'shamiz va piyoz qizargucha qovuramiz. Pomidorlar, chili ziravori, Maggi, suvni qo'shamiz va pomidorlar yumshagunicha 15 daqiqa qaynatamiz. Oxirida maydalangan kashnich barglarini qo'shamiz va olovdan olamiz.

5-bosqich

Bir bo'lak xamirni un sepilgan stolga qo'yamiz. Xamirni yoyamiz. Yoyilgan xamirni taxminan 30 santimetrli dumaloq formaga yog' surtib solamiz. Tomat sousining yarimini xamirga surtib chiqamiz. Limon sharbatli marinadni to'kib, xom baliq bo'lakchalarini tahlab chiqamiz.

6-bosqich

Ikkinchi xamir qismini yoyamiz va baliq ustini yopamiz. Xamir chetlarini yaxshilab tugib chiqamiz. Pirog ustini tuxum oqi bilan surtib chiqamiz. Duhovkada ( 170 °C) 35-40 daqiqa qizarguncha pishiramiz.