Chahohbilining asosiy masalliqlaridan biri yovvoyi qirg'ovullar hisoblangan, ular Gruziya tog'larida yashashgan. Chahohbilining resepti ancha o'zgargan,…
Pishloqli xamirdan tayyorlangan mazali va shirali nonlar - tez tayyorlanadigan chebureklarga o'xshaydi. Taom yetarlicha kaloriyali,…
Bedanalarni tozalab, ichak-chovoqlarini olib tashlab, kastryulga solib, suv to'ldirib olovga qaynashga qo'ying…
Yumshoq uzum bargidan tayyorlangan to'yimli va xushbo'y dolma. Har qanday dasturxonni bezab turadi,…
Xachapuri yeyishni istaysiz, lekin klassik resept bo'yicha tayyorlashga vaqt va kuchingiz yo'qmi? Qiyin joyi yo'q:…
Tog'li xalqning pazandaligi turli xilligi va yorqin ifodalanadigan ta'm sifatlari bilan ajralib turadi. Achchiq ziravorlar, xushbo'y marinadlar, quyuq bulyonlar, ajoyib shirinliklar - kavkaz pazandaligining mazali taomlari dunyo bo'ylab ko'p mamlakatlarga mashhurdir. U o'z ichiga uchta mamlakatlarning oshxonasini kiritgan: Armaniston, Gruziya, Azarbajon. Manzilgoh qanchalik balandda joylashgan bo'lsa, taomlar resepti shunchalik osondir.
Kavkaz oshxonasining an'anaviy reseptlari haqida gap ketsa, ularning nomi hattoki bolalar uchun ham tanish bo'lib chiqadi: sho'rva, lag'mon, lo'la-kabob, xarcho, hinkali, palov, pahlava, tabaka jo'ja, shahlik. Bu taomlarni nomini yodga olishingiz bilan, qorningiz quldirashni boshlaydi...
Kavkaz xalqi oshxonasining asosiy qismi qo'y, buzoq va mol go'shtidan iborat. Cho'chqa go'shtini hattoki aholining xristian qismi ham kam iste'mol qiladi. Qush go'shtidan esa tovuqni iste'mol qilishadi. Pazandalik qoidalari bo'yicha go'sht go'shqiymalagich orqali emas, balki qo'lda maydalanadi. Xushbo'y shahlik, lo'la-kabob, chakapuli, sasivi taomlari esa katta-katta qo'y, buzoq va tovuq go'shti parchalaridan tayyorlanadi.
Kavkaz taomlarning mazali bo'lishining yana bir siri bu, etap bo'yicha tayyorlashdir. Ko'pincha, har bir masalliq alohida tayyorlanadi, va faqat dasturxonga tortishdan oldin bir biriga qo'shiladi. Bundan tashqari, taom tortiladigan idish ham katta ahamiyatga ega. Ko'pincha resept nomi taom tortiladigan sopol idish nomidan kelib chiqadi.
Ko'p hollarda ayrim reseptlarni birinchi va ikkinchi taomlar qatoriga kiritsa bo'ladi. Chunki, Kavkazda sho'rvalar quyuq va juda to'yimli qilib tayyorlanadi, bu hol esa ko'pincha xalqlar an'anasiga kirmaydi. Taom asosida go'sht yoki suyak qanatilgan bulyon bo'ladi. Kavkaz sho'rvalari orasida mashhurlaridan biri bu xarcho-sho'rva, xash, kofta-bo'zbosh, piti-sho'rva. An'anaviy pazandalikda ko'pincha taomlarga yong'oq qo'shish odatdir, shu jumladan sho'rvalarga ham.
Kavkazda go'shtni ko'kat, ajika, shivit, yalpiz, toshcho'p, rayhon bilan iste'mol qilishadi va sirka, sarimsoq, qalampir va ziravorlarni solishadi. Bundan tashqari, ta'mni kuchaytirish uchun, tomat va boshqa sabzavotlar asosida tayyorlangan qaylalar ishlatishadi. Masalan, tkemali Gruziya va Azarbajon tashqarisida ham mashhurdir, xneli-suneli esa, pazandalik asari hisoblanadi.
Kavkaz taomlarni tayyorlashda yana bir fazilatlardan biri bu, ochiq olovda tayyorlashdir, bu holda go'sht o'ziga xos shirali, xushbo'y va yumshoq bo'lib pishadi. Mahalliy oshpazlar deyarli tova va o'simlik yog'ini ishlatishmaydi.
Kavkazda talabi katta ichimliklardan biri bu, vino bo'ladi. Vino go'sht bilan juda mos keladi. Bundan tashqar, tabiiy vinolar an'anaviy shirinliklarga ham juda mos keladi, masalan, rohat-lukum, shakarga qorilgan yong'oq, pahlava, kozinaki, sherbat kabi shirinliklarga.