Xushbo'y loviya

Abxaziyada mashhur taomlardan biri bu loviyadir, ha, ha, eng oddiy loviya! Lekin bu yerda uni shunaqa zo'r tayyorlashadi, hattoki go'sht taomlarga raqobat bo'lishi mumkin.
Пряная фасоль
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Qizil loviya
250 gramm
Piyoz
2 dona
Selderey ildizi
1 dona
Jambil
2 dona
Kashnich
1 bog'
Yalpiz
3 dona
Sarimsoq
2 pallacha
Ajika
1 choy qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich

Loviyani tayyorlashdan oldin uni bir tunga sovuq suvga bo'ktirib qo'yish kerak. Shunda loviya tez va yumshoq pishadi.

2-bosqich

O'rta olovda oldindan bo'ktirilgan loviyani, piyoz, jambil shoxchalarini solamiz. Yarim soat qaynatamiz.

3-bosqich

Loviya qaynaguncha, mayda qirg'ichdan seldereyni o'tkazamiz. Uni loviyaga qo'shamiz va yana 30 daqiqa qaynatamiz. Suv loviyani 2 sm qoplashi kerak. Agar suv kam bo'lsa, yana quysa bo'ladi.

4-bosqich

Loviya yumshaganidan so'ng, kastryuldan jambilni chiqarib tashlaymiz. Ajika qo'shamiz. Tayyor loviyani blenderda krem holatigacha ezamiz. Lekin istak bo'yicha unday qilmasa ham bo'ladi.

5-bosqich

Kashnich, yalpiz va sarimsoqni maydalab, tayyor loviyaga qo'shamiz.