Go'shtli pishloq nonlari

Pishloqli xamirdan tayyorlangan mazali va shirali nonlar - tez tayyorlanadigan chebureklarga o'xshaydi. Taom yetarlicha kaloriyali, shuning uchun uni kunning birinchi qismida iste'mol qilgan yaxshi.
Сырные лепешки с мясом
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 5 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Kefir (yoki qatiq)
1 stakan
Shakar
3 chimdim
Tuz
3 chimdim
Soda
3 chimdim
Qattiq navlardan pishloq
100 gramm
Bug'doy uni
2 stakan
Piyoz
1 dona
Cho'chqa-mol qiymasi
300 gramm

Tayyorlanishi

1-bosqich

Idishga kefir yoki qatiq solamiz. O'rta qirg'ichdan pishloqni chiqaramiz, kefirga qo'shamiz va sanchqi bilan aralashtiramiz.

2-bosqich

Shakar, tuz va sodani alohida aralashtiramiz va u yerga kefir aralashtirilgan pishlogqni qo'shamiz va hammasini aralashtiramiz.

3-bosqich

Keyin oldindan elangan unni qo'shamiz va qo'llar bilan xamir qoramiz. Xamir yumshoq bo'lishi kerak va ozgincha qo'lga yopishishi kerak.

4-bosqich

Kulchalar uchun qiyma qilamiz. Alohida idishga go'sht qiymani solamiz (mol va cho'chqa qiymasini aralashtirgan yaxshi). O'rtacha puyozni mayda qirg'ichdan chiqaramiz va qiymaga qo'shamiz. Ta'bga qarab tuz va murch qo'shamiz. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz.

5-bosqich

Endi xamirni stolga qo'yamiz, un bilan sepamiz (qo'llarni ham un bilan ishqalagan yaxshi). Xamirni oltita qismga bo'lib kulcha qilib yoyamiz (qalinligi 5 mm).

6-bosqich

Har biriga qiymani yarim qismiga solib chiqamiz va chetidan 5 mm qoldiramiz. Ikkinchi qismi bilan yopamiz va chetlarini tugib chiqamiz.

7-bosqich

Tovani qizitib olamiz va o'simlik yog'ida tayyor kulchalarimizni qovurib olamiz. Yopiq qopqoq ostida bitta tomoni qizarguncha qovurib olamiz, ikkinchi tomoniga o'girganda qopqoqni yopmaymiz.

8-bosqich

Likobchaga solamiz va dasturxonga issiq holda tortamiz. Mazali va qiymali pirojoklar bo'ladi.