Erinchoqlar uchun Xachapuri

Xachapuri yeyishni istaysiz, lekin klassik resept bo'yicha tayyorlashga vaqt va kuchingiz yo'qmi? Qiyin joyi yo'q: bu xushbo'y pishloqli kulchani deyarli yarim soat ichida tayyorlasa bo'ladi, bundan tashqari, mazasi bo'yicha asl xachapuridan farqi yo'q.
Хачапури для ленивых
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Pishloq
100 gramm
Smetana 15%-li
100 gramm
Tovuq tuxumi
1 dona
Bug'doy uni
1 osh qoshig'i
Tuz
ta'bga qarab
Qora tuyilgan murch
ta'bga qarab
O'simlik yog'i
osh qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich

Ukropni to'g'raymiz

2-bosqich

Pishloqni qirg'ichdan chiqaramiz

3-bosqich

Pishloq bilan ukropni aralashtiramiz, u yerga smetana, tuxum va un qo'shamiz

4-bosqich

Aralashmaga tuz va murch qo'shamiz. Yana aralashtiramiz

5-bosqich

Tovaning tagiga o'simlik yog'ini surtib chiqamiz va aralashmani quyamiz

6-bosqich

Har bir tarafini 10 daqiqa davomida qovuramiz. Tayyor!