Saudiya shampani

Ha ha, "Saudiya" va "Shampan" bir biriga mos kelamaydigan narsalar-ku deb o'ylagan bo'lsangiz kerak. Lekin yo'q! Bu ichimlik umuman spirtsiz va Saudiya Arabistonda juda mashhur va har bir restoran menyusida mavjud.
Саудовское шампанское
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 12 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Olma sharbati
2 litr
"Perrier" gazlangan suv
1 litr
Olma
2 dona
Apelsin
2 dona
Yalpiz
ta'bga qarab

Tayyorlanishi

1-bosqich

Katta ko'za olamiz va olma solamiz (o'rtadagi danaklarini olib tashlab, bo'lakchalarga kesamiz, po'stini olish shart emas) apelsin bo'lakchalari va ko'p yalpizni ham qo'shamiz (shoxchalari).

2-bosqich

Olma sharbatini qo'shamiz va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz. Qopqoqni yopib 15-20 daqiqa ushlaymiz.

3-bosqich

Perrier yoki boshqa gazlangan suvni qo'shamiz, muz kubiklarini solamiz va mehmonlarga tortamiz! Ichimlikning hammasi ichib bo'lingandan so'ng, qolgan mevalarni yeb qo'ysa bo'ladi, ular juda mazali!