Tez tayyorlanadigan olmali sharlotka

Sharlotka - barcha xush ko'radigan mevali, yumshoq pirog! An'anaviy olmali sharlotkaning oson reseptini tavsiya etaman. Pirog atigi 35 daqiqa ichida pishadi. Desert pishirishga atigi 40 daqiqangiz bor bo'lgan holatlarda, sharlotka ajoyib yechim bo'ladi. Agar barchasini resept bo'yicha qilsa, natijada shirin, yumshoq, xushboy olma bo'lakchali pirog bo'ladi! Har hil sinovlarni xush ko'rganlar esa, olma o'rniga nok yoki ananas qo'shishlarini tavsiya etaman.
Быстрая яблочная шарлотка
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 8 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Tovuq tuxumi
3 dona
Bug'doy uni
1 stakan
Shakar
1 stakan
Olma
4 dona
Qand tolqoni
2 osh qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich
Приготовление рецепта шаг 1

Olmalarni olamiz, menga yashil olmalar yoqadi, nordon olmalardan sharlotka mazaliroq bo'ladi. Lekin istalgan olmalarni ishlatishingiz mumkin. Yaxshilab olmalarni yuvamiz. Po'stini archib, kichkina bir santimetr kubik shaklida to'g'raymiz.

2-bosqich
Приготовление рецепта шаг 2

Chuqur idishga tuxumlarni chaqib, qand tolqonini qo'shamiz. Tuxum va shakarni aralashtirish uchun, shisha yoki temir idishlar yaxshi.

3-bosqich
Приготовление рецепта шаг 3

Mikser yordami orqali shakar va tuxumni aralashtiramiz. Bir jismli massa bo'lguncha ko'pirtiramiz.

4-bosqich
Приготовление рецепта шаг 4

Un qo'shamiz va yana bir bor aralashtiramiz. Eng muhimi xamirda un guvalachalari bo'lishi kerak emas, va xamir o'ta quyuq ham bo'lishi kerak emas.

5-bosqich
Приготовление рецепта шаг 5

Pishiriq formasiga sariyog' surtib chiqamiz, va pishiriq forma devorlariga yopishib qolmasligi uchun, istak bo'yicha manniy yormasini ham sepish mumkin. To'g'ralgan olmalarning yarimini tahlab chiqamiz. Tayyor xamirni quyamiz va tekislab chiqamiz.

6-bosqich
Приготовление рецепта шаг 6

So'ng qolgan to'g'ralgan olmalarni tahlab va yana qolgan xamirni quyamiz.

7-bosqich
Приготовление рецепта шаг 7

Oldindan qizdirib qo'yilgan 180 darajali duhovkaga pirogni 35-40 daqiqaga qo'yamiz. Sharlotkaning tepasi kuyib ketmasligi uchun nazorat qilib turish kerak, zarur bo'lsa pechdagi haroratni pasaytiramiz.

8-bosqich
Приготовление рецепта шаг 8

Pirog pishganidan so'ng (pirog tayyor bo'lganini gugurt cho'pi bilan tekshirsa bo'ladi),formada 15 daqiqa dam olishga chetga olib qo'yamiz. Ehtiyot bilan sharlotkani formadan chiqaramiz. Sharlotkani qand tolqoni bilan bezasa bo'ladi, yoqimli ishtaha!