Nimtatir tuzlangan bodiringlar

Kartoshkali taomlar uchun ajoyib zakuska! Kichkina bir sir tufayli, bu bodiringlar kasir - kusur bo'lib chiqadi - ularning tayyorlanishi mineral suv asosida.
Малосольные огурцы
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 2 soatdan ko'p
Количество порций Porsiyalar soni 15 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Mineral suv
1 litr
Bodiringlar
15 dona
Sarimsoq
4 dona
Ukropni quritilgan shoxchalari
5 shoxcha
Yangi uzilgan ukrop
2 bog'
Yirik tuz
3-4 osh qoshig'i
Qora murch no'xati
ta'bga qarab
Dafna bargi
3-4 dona

Tayyorlanishi

1-bosqich

Mayda bodiringlarni yuvib, uchini 1 sm olib tashlaymiz.

2-bosqich

Tabiiy mineral suvini chuqur idishga quyamiz, yirik tuz qo'shib eriguncha aralashtiramiz.

3-bosqich

Chuqur tekis idishga tegi yopilguncha ukrop tahlab chiqamiz. Ustiga bir necha qavat qilib bodiring terib chiqamiz.

4-bosqich

Mineral va tuzli suvni bodiringlar ustiga quyamiz, dafna bargini, murch, quritilgan ukrop shoxchalari, sarimsoq pallachalarini solamiz. Bodiringlar ustini esa yangi uzilgan ukrop bilan yopamiz (bog'ni ikkiga bo'lsa ham bo'ladi). Bir sutka yoki ikki sutkaga sovutgichga qo'yib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!