Fin suli pechenye

Nonushtaga mazali va foydali suli pechenye! Pechenyeni bolalarga issiq sut bilan tortsa bo'ladi, va kattalarga choy bilan.
Финское овсяное печенье
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 1dan 2 soatgacha
Количество порций Porsiyalar soni 20 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Sariyog'
250 gramm
Shakar
250 gramm
Tovuq tuxumi
1 dona
Mayiz
150 gramm
Suli yormasi
400 gramm
Bug'doy uni
300 gramm
Xamir yumshatgich
3 osh qoshig'i
Sut
100 millilitr

Tayyorlanishi

1-bosqich

Sariyog' bilan shakarni ishqalaymiz, tuxum qo'shamiz. So'ng xamir yumshatgich, suli yorma va yuvilgan va quritilgan mayiz qo'shamiz.

2-bosqich

Hammasini aralashtiramiz. Sut qo'shamiz (suyuq qaymoq qo'shsa ham bo'ladi). Yana bir bor hammasini xamir kabi aralashtiramiz. Tunuka tovaga novvoy qog'ozini yoyamiz, unga esa ozginadan xamir solib chiqamiz va dumaloq shaklchalar berib chiqamiz.

3-bosqich

200 darajagacha qizitilgan pechda 10-12 daqiqa pishiramiz. Pech avvaldan qizdirilgan bo'lishi kerak.

4-bosqich

Istak bo'yicha shokolad qiyom qilsa ham bo'ladi. Buning uchun, tayyor pechenyelar ustiga shokolad ushoqlarini sepib, o'chirilgan pech ichiga 3 daqiqaga solamiz. So'ng pechenyelar sovugandan so'ng, dasturxonga tortamiz. Desert tayyor!