Fin chernikali pirogi

Choyga shirinlik! Oson va tez tayyorlanadi va chernika tufayli parhez desert hisoblanadi.
Финский черничный пирог
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 6 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Sariyog'
150 gramm
Shakar
50 gramm
Tovuq tuxumi
1 dona
Qaymoq
50 gramm
Bug'doy uni
50 gramm
Chernika
150-200 gramm
Shakar
50 gramm

Tayyorlanishi

1-bosqich

Yumshab qolgan sariyog'ga shakar qo'shib aralashtiramiz. Tuxum qo'shib yana aralashtiramiz. So'ng qaymoq va un qo'shamiz va yana aralashtiramiz. Lekin uzoq aralashtirmang, bo'lmasa xamir o'ta nimjon bo'lib qoladi.

2-bosqich

Salqin joyga "dam" olishga xamirni qo'yamiz.

3-bosqich

Xamirni yoyib tunuka tovaga joylashtiramiz. Chernikani shakar bilan aralashtiramiz (parhez varianti - non ushoqlari bilan).

4-bosqich

Chernika va shakar aralashmasini xamir ustiga bir xil tekislikda solib chiqamiz. Xamir chetlarini sal ko'tarib mahkamlab qo'yamiz. 220 daraja issiqlikda 30 daqiqa davomida pishiramiz. Tayyor pirog (sovutilgan) ustiga qand tolqonini sepamiz. Yoqimli ishtaha!