Mosarellali bulkalar

Bu pishloqli non bulyonlar bilan tortish va buterbrodlar uchun haqiqiy topildiq! Mosarellali bulkalarni tayyorlash oson va ular tez pishadi, hamda tayyorlashga ko'p masalliqlar ketmaydi.
Булочки с моцареллой
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 10 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlash murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Sut
200 millilitr
Zaytun yog'i
60 gramm
Mosarella pishloq
100 gramm
Bug'doy uni
1 stakan
Tovuq tuxumi
1 dona
Tuz
1 choy qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich

Avval un va sutni aralashtirish kerak, so'ng yog' va tuxum, keyin tuz qo'shish kerak.

2-bosqich

Mosarellani mayda qirg'ichdan o'tkazib, blender yordami orqali xamirga qo'shib aralashtirish kerak.

3-bosqich

Tunuka tovaga novvoy qog'ozini yoyib, xamizrdan kichkina kulchalarni shakllab, tovaga qo'yamiz.

4-bosqich

Qizib turgan pechga qo'yib, 200 daraja issiqda 20 daqiqa davomida pishiramiz. Dasturxonga tortishdan oldin, nonni sovutamiz. Yoqimli ishtaha!