Italyan merengasi

Yumshoq, og'izda eridigan Italyan merengasi - shirinliklarni xush ko'ruvchilar uchun ideal desert. Tarqalgan firklarga qaramay, merengani tayyorlash qiyin emas, ayniqsa mazkur resept bo'yicha. Bunga vaqt ko'p ketmaydi, natijasi esa raqobatsiz.
Итальянская меренга
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 2 soatdan ko'p
Количество порций Porsiyalar soni 5 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Tuxum oqi
10 dona
Shakar
250 gramm
Suv
100 millilitr

Tayyorlanishi

1-bosqich

Mazkur reseptda to'g'ri tanlangan harorat juda muhimdir. Suvni shakar bilan aralashtiring va 120 daraja issiqlikgacha qiziting - haroratni pirometr yordami otqali o'lchasa bo'ladi

2-bosqich

Duhovkani 80 darajagacha qiziting

3-bosqich

Tuxum oqini "cho'qqilar" paydo bo'lguncha ko'pirtiring

4-bosqich

Tuxum oqiga siropni qo'shing va aralashmani tinmay aralashtiring

5-bosqich

Kelajak merengalarni qandolat qopiga soling va desertni sizga yoqqan shaklda tunuka tovaga siqib chiqaring

6-bosqich

8 (!) soatga duhovkada qoldiring - shu tarzda oppoq kars-kurs merengalar pishib chiqadi. Ularni reza mevalar bilan dasturxonga tortsa bo'ladi