Koreyscha kalmar

Achchiq chili sousida qovurilgan, kalmarlardan tayyorlangan ta'mi o'tkir taom! Garnir sifatida guruch yoki qovurilgan kartoshka bo'lakchalari a'lo darajada mos tushadi
Кальмар по-корейски
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Kalmar
1 dona
Zanjabil
2 bo'lakcha
Sarimsoq
2 pallacha
Soya sousi
1 osh qoshig'i
Achchiq chili sousi
2 osh qoshig'i
Asal
2 osh qoshig'i
Xantal
1 osh qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich

Kalmar tanasini yaxshilab yuvib, tozalab, bir tomonini 1,5 santimetr uzunlikda bo'lgan chiziq qilib tilib chiqamiz.

2-bosqich

Zanjabilni qirg'ichdan chiqarib, idishga soya va chili souslari bilan aralashtiramiz. Asal, sarimsoq va xantal qo'shamiz.

3-bosqich

Kalmarni gril-tovada ikki tomonini 30 soniyadan qovurib olamiz. Tova qizdirilgan va yog' bilan surtilgan bo'lishi kerak.

4-bosqich

Kalmarning har bir tarafini sous bilan surtib chiqib, yana 30 soniyadan qovurib chiqamiz. Ko'kat bilan bezab, dasturxonga iliq holda tortamiz.