Xitoycha kalmarlar

Kalmarlarni tez va juda mazali tayyorlash uslubi. Bundan tashqari taom juda foydali, ahir xitoy oshxonasida masalliqlarni maksimal baland olovda minimal vaqt ichida qovurish odatdir.
Кальмары по-китайски
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 3 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Kalmarlar
400 gramm
Piyoz
1 dona
Sarimsoq
3 pallacha
Soya sousi
50 gramm
Shakar
1 choy qoshig'i
Limon sharbati
2 osh qoshig'i
O'simlik yog'i
2 osh qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich

Piyozni yarim xalqachalar shaklida, kalmarlarni qalamcha shaklida, sarimsoqni mayda to'g'raymiz.

2-bosqich

O'simlik yog'ini qizitamiz. Baland olovda pizoyni qizarguncha qovuramiz, bir choy qoshiq shakar qo'shamiz va aralashtiramiz.

3-bosqich

Kalmarlarni piyozga qo'shamiz, sous qo'shamiz va 3 daqiqa ichida yana qovuramiz. Kalmarlarni qo'p qovurmaslik muhim, chunki ular keyin rezinaga o'xshab qoladi.

4-bosqich

Mayda to'g'ralgan sarimsoqni qo'shamiz. Murchlaymiz va limon sharbatini quyamiz. Garnir sifatida guruch zo'r bo'ladi. Yana, bu taomni sovuq holida zakuska sifatida dasturxonga tortsa bo'ladi.