QOZON-KABOB

Qozon-kabob - qozonda qovurilgan go'sht. Bu juda mazali taom: yumshoq go'sht va og'izda erib ketadigan kartoshka va ko'katli xushbo'y piyoz. Agar bugun ob-havo ko'chaga chiqib shahlik pishirishga imkon bermasa - unda kartoshkali o'zbekcha qozon-kabob tayyorlang. Ishoning, hech kim hafa yoki hafsalasi pir bo'lib qolmaydi. Dasturxoningiz bo'sh, mehmonlaringiz esa xursand bo'lib qolishadi. Barcha zarur masalliqlarni tayyorlab qo'yish kerak.
Паста в томатном соусе с базиликом
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Qo'y go'shti
1 kg
Sirka 6%
3 osh.q.
Piyoz
3 dona
Limon
1/2 dona
Kartoshka
400 gr
Rayhon, kashnich
1 bog'
Zira, qora, qizil tuyilgan murch
ta'bga qarab
Tuz
ta'bga qarab

Tayyorlanishi

1-bosqich

Qo'y go'shtini istalgan o'rtacha shakl bo'lakchalar qilib to'g'raymiz.

2-bosqich

Piyozni archib, yarim xalqacha shaklida to'g'rab go'shtga qo'shamiz. To'g'ralgan limon bo'lakchalarini qo'shamiz. 2 osh qoshiq sirkadan quyamiz. Piyoz va limonni sharbatini chiqarganday yaxshilab ezib aralashtiramiz. Idishni oziq-ovqat plenkasi bilan yopamiz va sovutgichga 30 daqiqaga solib qo'yamiz

3-bosqich

Qozonda dumba yog'ini qizitib olamiz.

4-bosqich

Marinadlangan go'shtni marinaddan chiqarib, yopishib qolgan limon va piyozni olib tashlab, qaynab, qizib turgan dumba yog'iga solamiz. Past olovda go'shtni qizartirib qovurib olamiz. Yaxshilab qopqoq bilan yopamiz va 10-15 daqiqaga qoldiramiz. Dimlangan vaqtda go'sht pishadi va juda yumshoq, mazali bo'ladi. Go'sht xushbo'y hidga esa qozonga birinchi solganda ega bo'ladi.

5-bosqich

Go'sht dimlanib turguncha, dasturxonga tortish uchun, marinadlangan piyoz va ko'katlarni tayyorlab qo'yish kerak: piyozni yarim xalqachalar shaklida to'g'raymiz, maydalangan ko'katlarni qo'shamiz, 1 osh qoshiq olma sirkasidan, tuz va chimdim shakar qo'shamiz. Yaxshilab aralashtiramiz va 7-10 daqiqaga dam beramiz.

6-bosqich

Qozonga, dumba yog'iga mayda tozalangan kartoshkani tahlab chiqamiz. Kartoshka yirik bo'lsa - unda 2-4 qismga kesamiz. Tayyor bo'lguncha qovurib chiqamiz: qizarguncha. Tayyor bo'lganidan so'ng ta'bga qarab tuz va murch qo'shmiz.

7-bosqich

Go'shtni kartoshka bilan aralashtiramiz. O'zbekcha qozon-kabobni katta laganga solamiz. Ustiga - marinadlangan piyoz va ko'katni qo'shamiz. Dasturxonga sabzavotlar bilan tortamiz. Ajoyib, xushbo'y taom dasturxoningizning mazali bezagi bo'ladi. Mehr bilan tayyorlang!