"Kankochi" koreys achchiq qaylasi

Janubiy Koreyada juda mashhur qayla. Bu mamlakatda "Kankochi" sousi deyarli hamma yerda ishlatiladi, uni deyarli barcha taomlar bilan iste'mol qilishadi, va barchaning uyida ushbu sous bor. Bu qayla bilan eng keng tarqalgan taom bu "Kimchi".
Корейский острый соус Канкочи
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 12 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Shirin bulg'or qalampiri
1 kilogramm
Uzun qizil chili qalampiri
1 kilogramm
Sarimsoq
500 gramm
Tuz
5 osh qoshig'i
Tuyilgan kashnich
1 osh qoshig'i

Tayyorlanishi

Shirin va achchiq qalampirlarning proporsiyasini o'zingiz tanlashingiz mumkin, resept boshidan aynan 1-1 proporsiyada. Shunday qilib boshlaymiz! Shirin qiliz bulg'ori va achchiq qalampirlasrni urug'laridan tozalaymiz, sarimsoqni tozalab, barcha masalliqlarni go'shtqiymalagichdan maydalab chiqaramiz. Tuyilgan kashnich va tuz qo'shamiz. Barchasini yaxshilab aralashtirib chiqib, shisha bankalarga quyib chiqamiz. Bunday holatda qayla uzoq vaqt davomida saqlanib turadi.