"Gunbao" tovuq (KUNG PAO)

«Gunbao» tovuq - sichuan oshxonasining klassik taomidir. Bu taom Sichuan viloyatidan kelib chiqqan. Odatda bu taom, shirin sous va yer yong'oq, hamda chilli bilan qizil qilib qovurilgan, o'rtacha tog'ralgan jo'ja lahm go'shtidir. Taom juda achchiq bo'lib chiqadi!
Курица Гунбао (KUNG PAO)
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Makkajo'xori kraxmali
1 osh qoshig'i
Soya sousi
4 osh qoshig'i
Tovuq lahm go'shti (jo'ja)
500 gramm
Guruch shirin vinosi
3 osh qoshig'i
Shakar
2 osh qoshig'i
Tovuq bulyoni
3 osh qoshig'i
Balzamik sirka
4 choy qoshig'i
Kunjut yog'i
1 osh qoshig'i
Yer yong'oq yog'i
3 osh qoshig'i
Chili qalampir qoqisi
10 dona
Ko'k piyoz (oq qismi)
20 gramm
Sarimsoq
3 pallacha
Zanjabil (to'g'ralgan)
50 gramm
Yer yong'oq
1/2 stakan

Tayyorlanishi

1-bosqich

O'rta hajmli idishda makkajo'xori kraxmalini 1 osh qoshiq soya sousi bilan aralashtiring, 1-2 sm bo'lakchalarga to'g'ralgan jo'ja lahmini qo'shing va yaxshilab aralshtiring va dam olishga chetga olib qo'ying, go'sht 30 daqiqa ichida marinadlanadi. Shu vaqtda 3 osh qoshiq soya sousini guruch vino, shakar, sirka, kunjut yog'i bilan aralshtiring. Dam olishga chetga qo'ying.

2-bosqich

Yer yong'oq yog'ini maxsus vok tovasida yoki chuqur tovada baland olovda qizitib oling. Ezilgan chili qoqisi, mayda to'g'ralgan sarimsoq, to'g'ralgan ko'k piyozni, zanjabil va lahm bo'lakchalarini solib qovuring, tinmay aralashtiring. Jo'ja qizarguncha 3-5 daqiqa davomida qovuring.

3-bosqich

Soya sousi aralashmasini qo'shing va qovuring. Sous quyuqlashguncha taxminan 2 daqiqa aralashtiring. Yer yong'oqni qos'hing, yana bir necha daqiqa aralashtirib olovda ushlab turing. Dasturxonga issiq holda qolgan ko'k piyoz bilan torting.