Sabzavotli xitoycha tovuq

Uyda tayyorlangan nordon-shirin qaylali tovuq. Uni pishirish qiyin tuyuladi, lekin aslida, unday emas. Bu taomni tayyorlashni o'rganib oling va boshqa xitoycha uslubdagi reseptlar sizga qiyib bo'lmaydi.
Курица по китайски с овощами
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rtacha murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Tovuq lahm go'shti
200 gramm
Soya sousi
90 gramm
Sabzi
120 gramm
Qo'ziqorinlar
150 gramm
Pekin karami
100 gramm
Kartoshka kraxmali
20 gramm
Qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
10 gramm
O'simlik yog'i
20 gramm
Kunjut yog'i
1 osh qoshig'i
Asal
15 gramm

Tayyorlanishi

1-bosqich

Tovuq lahmini yirik qalamcha shaklida to'g'rab chiqamiz, alohida idishga solib ustiga soya sousini quyamiz, dam olishga chetga olib qo'yamiz.

2-bosqich

Sabzavotlarni kombaynda qalamcha shaklida to'g'raymiz, qo'ziqorinlar to'rt shaklga, pekin karamini esa uzun qalamcha shaklida to'g'raymiz.

3-bosqich

Sabzavotlarni o'simlik yog'ida qovurib chiqamiz, avval sabzini, keyin qolganlarni.

4-bosqich

Tovuqni kraxmalga botiramiz, yaxshilab aralshtiramiz, so'ng qo'ziqorin va pekin karamini, ko'k piyozni.

5-bosqich

Kunjut yog'i, qirg'ichdan chiqarilgan zanjabilni qo'shamiz va tovuq tayyor bo'lgunicha dimlaymiz (o'n daqiqa), pishirishni yakunlashdan oldin asal qo'shamiz.