Xitoycha baqlajonli tovuq

O'ta mazali tovuq lahm go'shti shirin soya marinadida va qovurilgan baqlajonlar bilan. Garnirga esa xohishingiz bo'yicha tanlashingiz mumkin va taom tayyor! Eng yaxshisi guruch.
Курица с баклажанами по-китайски
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30dan 60 daqiqagacha
Количество порций Porsiyalar soni 4 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Tovuq lahm go'shti
800 gramm
Baqlajonlar
900 gramm
Soya sousi
60 millilitr
Qizil vino sirkasi
60 millilitr
Shakar
3 osh qoshig'i
Qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
1 choy qoshig'i
Kunjut doni
1 choy qoshig'i
Makkajo'xori kraxmali
2 choy qoshig'i
Sarimsoq
1 pallacha
Qizil achchiq garimdori
pichoq uchida

Tayyorlanishi

1-bosqich

Tovuq lahm go'shtini ingichka uzun-uzun qilib to'g'raymiz. Baqlajonlarni huddi shu shaklda faqat sal yirikroq qilib to'g'raymiz, chunki ular ko'proq qovuriladi.

2-bosqich

Tovuq go'shtini tovada o'simlik yog'ida qovurib olamiz. Pishguncha hammasini qovurib olamiz. Tayyor tovuqni chetga olib qo'yamiz.

3-bosqich

O'sha tovada baqlajonlarni ham qovurib olamiz, u yerga qirg'ichdan chiqarilgan zanjabilni, mayda to'g'ralgan sarimsoqni solamiz va 50 ml suv quyamiz, qaynaguncha kutamiz. Hammasi qaynagandan so'ng, olovni pastroq qilamiz, qopqoqni yopamiz va tayyor bo'lguncha, hamda butun suvi quriguncha dimlaymiz. Ora-orada tegi kuymasligi uchun aralashtirib turamiz.

4-bosqich

Alohida idishga vino sirkasini, soya sousi, kunjut donlari (sal qovurib olgan yaxshi), un, achchiq garimdori va qand tolqonini aralashtiramiz.

5-bosqich

Tovuqni baqlajon bor tovaga qo'shamiz, soya sousli aralashmani quyamiz va qaynaguncha kutamiz, so'ng olovni past qilamiz va quyuq bo'lguncha ora-orada aralashtirib dimlab qo'yamiz.