Sho'r jildli tovuq

Mazali va shirali tovuq qalin ... tuz qatlami tagida oson pishadi! Tuz a'lo darajada issiqni o'tkazadi va go'sht bir xil bo'lib pishadi!
Курица в соленой корочке
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 2 soatdan ko'p
Количество порций Porsiyalar soni 5 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi O'rta murakkablik

Zarur bo'lgan masalliqlar

Tovuq
1-2 kilogramm
Rozmarin
3 shoxcha
Timyan
3 osh qoshig'i
Dafna bargi
3 dona
Tuz
1 kilogramm

Tayyorlanishi

1-bosqich

Tovuqni yuvamiz, ortiqcha yog'larini olib tashlaymiz, ichini tuzlaymiz va barcha ziravorlarni ta'bga qarab ichiga solamiz. Tovuq oyoqlari kuyib ketmasligi uchun birga boylab qo'ysa bo'ladi.

2-bosqich

Tunuka tovaga qalin qavat qilib tuz solamiz va ustiga tovuqni qo'yamiz. Tovuq ustini ham sal nam tuz bilan yopib chiqamiz.

3-bosqich

Tovuq ustiga rozmarin shoxchalarini qo'ysa ham bo'ladi.

4-bosqich

200 daraja issiqlikda pechda 2-2,5 soat davomida pishiramiz. Dasturxonga tortishdan oldin tuzli jildni olib tashlaymiz. Taom tayyor!