LAG'MON

Lag'mon bir nechta turlarga egaligi sir emas, hattoki O'zbekistonda ular viloyatlar bo'ylab farqlanadi. Eng muhimi, taomning o'ziga hos ta'mini saqlash kerak, ahir bu sho'rvali makaron emas, lag'monning ta'mi ozgincha o'tkir, sal sarimsoqli va ziravorlar xushbo'y hidi bilan. O'zbekcha lag'monning asosida - mol yoki qo'y go'shti, yashil turp, garimdori, pomidor yoki pasta, selderey, kartoshka yoki karam. Ayrim hollarda no'xat ham qo'shishadi. Uyg'urcha lag'monda esa sarsabil loviya, jusay o'ti bo'lishi kerak va umuman kartoshka qo'shilmaydi. Bundan tashqari taomda to'g'rash ham katta rol' o'ynaydi. O'zbekcha lag'monda barcha masalliqlar to'rtburchak shaklida to'g'raladi, uyg'urchada esa uzu-uzun ingichka shaklda. Lag'mon uchun maxsus cho'zma ugra kerak. Qo'lda tayyorlangan yoki do'konlarda muzlatilgan mahsulotlar sotiladigan qatorlada sotib olinganni ishlatsa bo'ladi. Doim ham bunday ugrani sotib olish imkoni bo'lmagani uchun ham, ugrani juda ingichka o'rtasida teshigi bor makarolarni tavsiya etaman. Ular shakli, qalinligi bo'yicha bu taomga a'lo darajada mos tushadi. Tekis ugrani ishlatishni tavsiya etmayman, chunki bunday ugra qaynatilganidan so'ng yumshab ketadi. Tekis ugra bilan O'zbekistonda lag'mon pishirishmaydi.
Паста в томатном соусе с базиликом
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Mol go'shti lahimi
300 gr
Sabzi
1 dona
Piyoz
1 dona
Achchiq va shirin garimdori
1 donadan
Yashil turp
1 dona
Karam
150 gr
Pomidor
1 dona
Tomat pastasi
1 osh qoshig'i
Sarimsoq
2 pallacha
Tuyilgan kashnich, quruq paprika
1 choy qoshig'i
Quruq ajika
0,5 choy qoshig'i
O'simlik yog'i
3 osh qoshig'i
Lag'mon uchun ugra
200 gr
Tuz
ta'bga qarab

Tayyorlanishi

1-bosqich

Mol go'shtini kichkina kubiklar shaklida to'grash kerak.

2-bosqich

Piyoz va sabzini tayyorlab qo'yish kerak. Agar taomingiz milliy bo'lib chiqiqshini istasangiz, unda sabzini kubik shaklida, piyozni esa uzun-uzun ingichka qilib to'g'rash kerak.

3-bosqich

Qozonda yog'ni yaxshilab qizitib olish kerak va go'shnti sal qizarguncha qovurish kerak. Ozgina tuz sepish kerak. Piyoz va sabzi qo'shish kerak. 5 daqiqa qovurish kerak. Bu vaqtda qolgan sabzavotlarni to'g'rab chiqish kerak. Lag'mon uchun barcha masalliqlarni oldindan to'g'rab qo'ysangiz o'zingizga oson bo'ladi.

4-bosqich

Yashil turp va karamni to'rtburchak shaklida to'g'rash kerak. Seldereyni ham to'g'rash kerak. Selderey shoxchalarini yoki ko'katini ishlatsa bo'ladi.

5-bosqich

Pomidor va garimdorini kubik shaklida to'g'rash kerak. Odatda pomidor terisini shilish kerak emas. Dungan qizil garimdorisi va shirin yashil garimdorini to'g'raymiz.

6-bosqich

Piyoz va sabzi qovurilganidan so'ng, pomidor va garimdorilarni qo'shish kerak. 3 daqiqa davomida qovurib aralashtirish kerak. So'ng tuz, ziravorlar, tomat pastasini qo'shib yana 3-4 daqiqa davomida qovurish kerak. Sarimsoqni ham mayda to'g'rab sabzavotlarga qo'shish kerak.

7-bosqich

So'ng qozonga karam, selderey va turpni qo'shib yana aralashtirish kerak. 2-3 stakan suv qo'shish kerak. 10-15 daqiqa qaynatish kerak. Sabzavotlar ezilib pishishi kerak emas. Tuzini tekshirish kerak. Agar o'ta chuchuk bo'lsa ozgina shakar qo'shsa ham bo'ladi (bir chimdim yoki choy qoshig'i).

8-bosqich

Alohida tuz qo'shilgan suvda lag'mon uchun ugrani pishirib olish kerak. Suvni to'kib, ugrani kosalarga solib chiqish kerak. Lag'monni ustiga tayyor bo'lgan sho'rvasini quyib ko'kat sepish kerak. Lag'mon tayyor! Yoqimli ishtaha!