NARHANGI - SABZAVOTLAR BILAN GO'SHT

Narhangi - o'z shirasida dimlangan sabzavotlar va go'sht, bu o'zbek oshxonasi taomining nomi shundaydir. Bu taom uchun odatga yog'li qoy go'shti ishlatiladi, lekin mol go'shtidan ham pishirish mumkin. Taomni tayyorlash qiyin emas, shunchaki barcha sabzavotlarni oldindan tayyorlab qo'yish kerak, hamda to'g'ri ketma-ketlikda go'sht va kartoshka yumshagunicha dimlash kerak, odatda taxminan 2 soatlar ichida. Bu vaqt ichida o'z ishlaringiz bilan shug'ullanishingiz mumkin, qozon tepasida turish shart emas.
Паста в томатном соусе с базиликом
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Go'sht
500 gr
Kartoshka
4 dona
Piyoz
2 dona
Bulg'or qalampiri
3 dona
Sabzi
2 dona
Sarimsoq
3 pallacha
Pomidor
3 dona
O'simlik yog'i
Kashnich, Ukrop
0.5 bog'
Kashnich, Zira
1 choy qoshig'i
Paprika
0.5 choy qoshig'i

Tayyorlanishi

1-bosqich

Go'shtni o'rta kubik shaklida to'g'rab chiqamiz. Pomidorlarni ham shu tarzda to'g'raymiz. Istak bo'yicha terini olib tashlasa ham bo'ladi. Bulg'orni qalamcha shaklida to'g'raymiz, sabzini - xalqacha yoki qalamcha shaklida, piyoz - yarim xalqacha shaklida. Kartoshka po'stini archib xohish bo'yicha to'g'raymiz, lekin mayda emas. Qalamcha yoki choraktalik shaklida. Kartoshkani oldindan tayyorlab qo'ysak, qorayib ketmasligi uchun, suv quyib qo'yamiz.

2-bosqich

Qozonda yog'ni qizitib, baland olovda go'shtni qovurib olamiz. Tuyilgan zira va kashnich sepamiz. Xushbo'y hidi chiqishi uhun, ziravorlarni oldin ezib ishqalaymiz. Go'shtni qizarguncha qovuramiz. So'ng ozgina tuz qo'shamiz.

3-bosqich

Go'sht qovurilganidan so'ng, uni tekish tahlab, ustiga avval piyoz, so'ng sabzi solamiz. Har bir qavatni ta'bga qarab tuzlaymiz va sal ziravorlarni qo'shamiz. ШАГ 4

4-bosqich

So'ng pomidor va ko'katlar qavati. Sarimsoq sepamiz. Yana bir bor tuz sepamiz. So'ng bulg'ori qavati. U kartoshka va pomidor qavatlarini bo'lib turadi. Ma'lumki, kartoshka sekin pishadi. Oxirgi qavat kartoshka. Yana tuz, paprika sepamiz. Yarim stakan suv qo'shamiz. Agar go'sht yog'li bo'lsa, suv qo'shmasa ham bo'ladi. Qozonni yaxshilab qopqog'i bilan yopamiz. Qopqoq mahkam yopilishi uchun, zar qog'oz bilan o'rab qo'ysa ham bo'ladi. Olovni past qilamiz va ikki soat davomida dimlaymiz. Tayyorlanish jarayonida sabzavotlardan shira chiqadi, va barchasi o'z suvida dimlanadi. Kartoshka yumshaganda taom tayyor bo'ladi.

5-bosqich

Narhangini likobchalarga solib, ko'katlar sepib, shu zahoti dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!