NAVRUZ bahor salati

Bu quyoshga to'la salatni tayyorlab ko'ring. Deraza ortida qor bo'lsa ham, uyingizda esa ajoyib ob-havo bo'ladi!
Навруз
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

bodiring
250 gramm
redis bog'i
1 dona
qizil bulg'or qalampiri
2 dona
tuxum
3 dona
ukrop, kashnich va ko'k piyoz
1 ta bog'dan
suzma
400 gramm
limon sharbati
2 osh qoshig'i
kress-salat
1 dona
ko'k sarimsoq dumi
3 dona
salat aralashmasidan bir (katta) hovuch
1 dona
zaytun yog'i
3 osh qoshig'i
zira
2-3 choy qoshig'i
limon po'stlog'i, tuz va murch

Tayyorlanishi

1-bosqich

Tuxumlarning sarig'i yashil bo'lib ketmagan holgacha suvda qaynatib olamiz. Ularni tozalab, sakkizta qismga bo'lib to'g'raymiz.

2-bosqich

Ziravorlarni tayyorlaymiz. Zira, murch va tuzni hovonchada maydalaymiz. U yerga suzma, limon po'sti va sharbatini, hamda zaytun yog'i va mayda to'g'ralgan ko'katlarni, sarimsoq dumi va piyozni to'g'rab qo'shamiz.

3-bosqich

Sabzavot va barglarni tayyorlab qo'yamiz. Qalampirlani urug'ini chiqarib, uch-to'rt santimetr uzunlikda qalamcha shaklida to'g'raymiz. Bodiringlarni ham shu tarzda to'g'raymiz (istasangiz urug'larini olib tashlashingiz mumkin), redisni kichikroq qalamcha shaklida. Kress-salatni esa shunchaki g'olda uzib uzib tashlasa ham bo'ladi.

4-bosqich

Barcha sabzavot va kress-salatni katta idishda aralashtiramiz (faqat ezmaymiz!) va xsuhbo'y suzmani qo'shib yana aralashtiramiz.

5-bosqich

Likobchaga cho'qqi qilib solamiz. Ustiga salat aralashmasidan sepamiz va tuxum bo'lakchalari bilan bezab chiqamiz.