Tomat qaylasida tunesli pasta

Og'ir ish kunidan so'ng, plita tepasida ko'p turmagan holda, mazali ovqat yegin keladi. Konservalangan tunes va tomat qaylali pasta - bu kabi kechki ovqat uchun a'lo yechim. Aytgancha, siz oldindan tunes konservalari va makaronlarni uyga ko'proq olib qo'ysangiz, do'konga chiqish zarur bo'lmaydi.
Паста с тунцом в томатном соусе
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Barilla pastasi
150 gramm
Italyancha tomat sousi
200 gramm
Konservalangan tunes
1 banka
Tuz
ta'bga qarab
Qora tuyilgan murch
ta'bga qarab

Tayyorlanishi

1-bosqich

"Al dente" holatigacha pastani suvda pishirib oling.

2-bosqich

Tovada sousni qizitib oling va bankadagi tunesni qo'shing. Avval tunesni kichkina bo'lakchalarga to'g'rab oling. Tuz va murch qo'shing.

3-bosqich

Yaxshilab aralashtiring. Bir necha daqiqa ichida isiting. Tayyor!