Tomat qaylasida rayhonli pasta

Tomat qaylasi va klassik penne pastasidan tez tayyorlanadigan va mazali taom. Tez kechki ovqat uchun yaxshi variant.
Паста в томатном соусе с базиликом
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Penne pastasi
220 gramm
Zaytun yog'i
1 osh qoshig'i
Sarimsoq
3 pallacha
Cherri pomidorlari
300 gramm
Rayhon
1 bog'
Qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
200 gramm
Mosarella pishlog'i
100 gramm
Italyancha tomat sousi
4 osh qoshig'i
Tuz
ta'bga qarab
Qora tuyilgan murch
ta'bga qarab

Tayyorlanishi

1-bosqich

Pastani qadog'ida ko'rsatilgan qo'llanmasi bo'yicha, qaynab sal tuzlangan suvda pishirib oling.

2-bosqich

Tovani qizitib oling, zaytun yog'idan qo'shing, mayda to'g'ralgan rayhon va sarimsoqni qo'shing. Yaxshilab qovurib oling va to'gralgan cherri pomidor, hamda tomat sousini qo'shing.

3-bosqich

Ta'bga qarab tuz va murch qo'shing va o'rta olovda yana 2-3 daqiqa damlang.

4-bosqich

Mosarella bo'lakchalari va pastani qo'shing. Yaxshilab aralashtiring va 2-3 daqiqa dimlang.

5-bosqich

Qaynoq holida, ustiga parmezan pishloq va rayhon sepib dasturxonga tortasiz. Yoqimli ishtaha!