QO'Y GO'SHTLI PALOV

Bu juda qadimiy taom, u haqida davrimizdan oldin 2-3 asrlarda eslatib o'tilgan. Bugungi kunda bu taomni tayyorlashning ming xil turlari bor. Klassik resept bo'yicha palovni qo'y go'shti, dumaloq guruch, zira, zirk, sabzi, sarimsoq va piyoz bilan pishiriladi. Bundan tashqari, palovni o'choq olovida tayyorlagan yaxshi. Faqat shundagina, uni haqiqiy o'zbekcha palov desa bo'ladi.
Паста в томатном соусе с базиликом
Время приготовления Tayyorlanish vaqti 30 daqiqadan kam
Количество порций Porsiyalar soni 2 porsiya
Сложность приготовления Tayyorlanish murakkabligi Oson

Zarur bo'lgan masalliqlar

Qo'y go'shti
1 kg
Dumaloq guruch
350 gr
Piyoz
3 dona
Sabzi
3 dona
Sarimsoq
1 bosh
Qizil tuyilgan murch
ta'bga qarab
Zira
2 choy qoshig'i
Zirk
2 choy qoshig'i
Tuz
2 choy qoshig'i
O'simlik yog'i
150 ml

Tayyorlanishi

1-bosqich

Men palovni qo'y kuragidan tayyorlashga qaror qildim. Uni yaxshilab yuvib olamiz, ortiqcha yog' va pardalarni olib tashlaymiz, va o'rta shaklda to'g'raymiz.

2-bosqich

Palovni qozonda pishirgan yaxshi. Buning uchun, qozonda 150 ml yog'ni qizitib olib, go'shtni solamiz. Go'shtni o'rta olovda taxminan 15 daqiqa qovuramiz, ora-orada aralashtirib turamiz.

3-bosqich

Shu vaqtda 2-3 bosh piyozni yarim xalqacha shaklida to'g'raymiz. Piyozni go'sht oldiga solib, yaxshilab aralashtiramiz. 10 daqiqa dimlaymiz.

4-bosqich

Sabzi po'stini archib, qalamcha shaklida to'g'raymiz. Sabzini ham qozonga solamiz va yana 25 daqiqa qovurib dimlaymiz.

5-bosqich

Go'sht va sabzavotlarni tuzlab, qizil tuyilgan murchni qo'shamiz. Zira va zirkni qo'shamiz. Sarimsoqni tozalab, yuvib, qozon o'rtasiga joylashtiramiz.

6-bosqich

Guruchni yuvib, go'sht ustiga solamiz. Taomga qaynoq suv quyamiz. Suv darajasi barmoqning birinchi suyagi darajasida bo'lish kerak. Qopqopni yopib past olovda 15-20 daqiqaga damlab qo'yamiz. Qozonda suv qolmay guruch hammasini shimib olganida, palov tayyor bo'ladi. Palovni aralashtirib likobchalarga solib chiqamiz. Palov shirali, xushbo'y hidli va juda mazali, hamda to'yimli bo'ladi. Palov turli xil tuzlamalar bilan yaxshi ketadi. Yoqimli ishtaha!