Chiroyli va xushbichim qomatga erishish uchun, oramizda farmasevtik laboratoriyalarda yaratilgan sun'iy dorilar yordami orqali ozish yo'llarini qo'llaganlar bor. Ortiqcha kilogramlardan halos bo'lish uchun, turli xil dorilarni qabul qilishga, har xil gellarni ichishga qo'rqmaymiz, va tabiatimizda ozishga yordam beradigan, hamda organizmimizni sog'lomlashtiradigan turli xil tabiiy mahsulotlar bori haqida unutamiz. Shu kabi tabiiy vositalardan biri bu, zanjabil. Mazkur o'simlik bilan batafsil tanishib va ozish uchun qanchalik foydali ekanligi, hamda zanjabilning organizmga foydasi haqida ma'lumotlarni bilib olishni taklif etamiz.
Zanjabil – janubi-sharq Osiyo va G'arbiy Hindistondan chiqqan o'simlik. Uning yashil shoxlari qamishga o'xshaydi, lekin ishlatilatigan qismi bu, ildizidir. Hozirgi zamonda ko'p mamlakatlar mazkur mahsulotni issiqxonalarda yetkazishadi, shuning uchun ham, "haqiqiy" tabiiy zanjabilni uchratish qiyin. Lekin bu holat uning foydali xususiyatlari yo'qolishi haqida aytmaydi, aksincha, zanjabilni turli xil maqsadlarda ishlatilishi hamda topishga osonligini aytadi.
Qizig'i shundaki, sanskrit tilida "zanjabil" so'zi "universal dori" tarjimasiga ega. Agar qadimiy Xitoy tarixini olsak, va aniq Konfusiyga qaratilsak, u yerda bir xitoy asarlaridan birida « … o'tkir aqlni va sog'liqni saqlash uchun, usta «Tog' Ruhi Eliksirini» iste'mol qilishi kerak, deb yozilgan, va albattan uning tarkibidagi asosiy qism bu, zanjabil ildizi bo'lgan.
Asosiy tarkibi
Zanjabilning asosi kuchli moddadan iborat, ya'ni jinjeroldan, u tufayli o'simlik o'ziga xos hid va ta'mga ega. Lekin, o'simlikga termik ishlov bersak, ya'ni uni isitsak, biz quyidagi moddaga ega bo'lamiz – zingerol. Keyinchalik u bizga vanilning kuchsiz hidini beradi. Agar biz zanjabilni quritsak, unda shogal moddasiga ega bo'lamiz, bu modda ushbu mahsulotning o'tkirlik darajasiga javob beradi. Quritilgan o'simlik 2 karra o'tkirroq bo'ladi. Ushbu uchta tarkibiy qismlar tufayli, zanjabil virusga qarshi harakatga ega va zaharlanish, hamda organizmning turli xil intoksikatsiyalarida "ziddi zahar" kabi ishlaydi. Bu moddalardan tashqari, zanjabilda juda ko'p vitamin va minerallar mavjud, hamda biriktiruvchi to'qima ham bor, aynan shuning uchun, zanjabil ozish uchun juda yaxshi vosita!
Zanjabil shomollash va charchashga qarshi kurashishda yaxshi yordam beradi. Uning vitaminlarga boy tarkibi, butun organizmning tonusini qo'llab-quvvatlashga ta'sir qiladi. Agar boshingiz og'risa, yoki uyqusizlik qiynasa, qaynatilgan zanjabil ildizi sizga bunda yordam beradi.
Mazkur maqolada namoyish etilgan o'simlikning tarixini o'rganish jarayonida, biz qadimiy afsonaga uchradik. Bir kuni, Oy va Shamol, yosh yigitning sevgisiga hasad qilib, uni sevgan yorini kasal qilishibdi. Yosh qiz shamollab, uni kuch va quvvati tez tark etishni boshlabdi. Sharqdan chiqqan davolaydigan vosita haqida eshtgan yigit, sevgan yorini qutqarish uchun, uzoq yo'lga tushibdi. Bizning izlovchi ko'p yo'l bosdi, lekin yo'l juda uzoq va og'ir ekan, oxiri u bir botqoqlik oldiga kelibdi. U botqoqlikni bitta odam ham o'ta olmagan ekan. Lekin birdan u Abu qushini ko'rib qolipti - u cheksiz botqoqlikdan uni Sharq mamlakatiga ob o'tishiga rozi bo'libdi, u yerdan esa yigit sevgan yori uchun yordam beruvchi zanjabilni qo'lga kiritibdi.
Shunday qilib, zanjabilning foydasi va ushbu qadimiy dori haqida afsonalar borligini bilib oldik. Kelinglar, bu o'simlik qanday qilib ortiqcha vaznni tashlashga yordam berishini aniqlaymiz.
Zanjabil ozishda qanday yordam beradi?
Zanjabil modda almashinuvini tezlatadi. Odatda, to'la odamlar metobolizmi sekinligidan azob chekishadi. Ovqat iste'mol qilgandan so'ng, quvvat ishlab chiqarish o'rniga, to'la odamda yog' ajralib chiqishi kuzatiladi, bu esa ortiqcha vazndan azob chekkanlarning asosiy musibati bo'ladi. Yuqorida tasvirlangan 2 tarkibiy qismlar, zingerol va shogal tufayli, zanjabil qonni isitadigan va suyultiradigan vosita kabi ta'sir qiladi. Organizmimiz isiganda tezroq ishlashni boshlaydi, ko'proq quvvat chiqaradi, shunda modda almashinuvini tezlashadi. To'g'ri modda almashinuvini esa, to'qimalardan shlak va toksinlarni chiqib ketishini ta'minlaydi.
Ortiqcha yeb qo'ymoqlikdan vosita. Zanjabil - ortiqcha yeb qo'ygan hollarda juda samarali vositadir. O'zining boy tarkibi tufayli, mazkur o'simlik ichaklar devorlariga foydali moddalarni shimib olishda yordam beradi. Antiseptik xususiyatlari tufayli, zanjabil me'daning sustligida iste'mol qilinadi, u infeksiya tushishidan saqlaydi. Bundan tashqari, zanjabil ovqat hazm qiladigan tizimda yig'ilib qolgan gazlarni uddalaydi, shu tufayli "tekis qorin" effektiga erishiladi, bu esa ortiqcha vazndan halos etish jarayonida muhim qismdir.
Stress gormoni bilan kurashish. Biz parhezda bo'lgan vaqtda, organizmimiz qattiq stressga uchraydi, bu holat esa, "stress gormoni"ni ishlab chiqarishga olib keladi. Ilmiy tilda aytganda, bu katabolik gormoni - kortizol. Qancha ko'p stress bo'lsa, organizmimiz shuncha ko'p kortizol ishlab chiqaradi. Mazkur gormonning ishlab chiqilishi, har kuni yig'iladigan ortiqcha kilogrammlarga olib keladi. Doimgidek, yuz va badan eng ko'p azob chekadi. Ingichka oyoq va qo'llik to'la odamlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Shuni bilib olingki, o'sha odam organizmida mazkur gormon ko'p miqdorda ishlab chiqariladi. Tadqiqotlar bo'yicha, zanjabilni bir oy iste'mol qilgandan so'ng, semiz qo'l-oyoqli odamlarning ko'rsatkichlari ancha yaxshilashadi.
Insulin nazorat ostida. Zanjabilning ozish jarayonidagi yana bir ustunliklaridan biri bu, insulin nazoratidir. Mazkur o'simlik qondagi glukozani tekis holatiga olib keladi, to'g'rirog'i, kerakli miqdorda insulin chiqarishga olib keladi. Bu esa, o'ta ochlik hisdan halos bo'lishga yordam beradi, hamda qondagi holesterin oshib ketishga yo'l qo'ymaydi.
Mashqlardan keyingi og'riqlarga «Yo'q» deymiz. Zanjabil og'riqdan halos etadigan va bo'sh qiladigan xususiyatlariga ega. Biz parhez tutganda va sport bilan qattiq shug'ullanganda, organizmimiz juda ko'p kuch va quvvat sarflaydi. Zanjabil kuch balansini tiklashga yordam beradi va mushaklardagi og'riqlardan halos etadi.
Ozish uchun eng samarali vosita bu, zanjabil qo'shilgan choy. Yil faslidan kelib chiqqan holda, turli xil reseptlar mavjud. Yozda, bu salqin zanjabil limonadi, qishda esa qaynoqgina choy.
Zanjabil hamma uchun emas
Unutmang, zanjabil boshqa ozish uchun vositalar kabi, yoqmasligini ko'rsatuvchi belgilarga ega. Masalan, normadan ortiq kislotalik oshqozon-ichak kasalliklari bor odamlar uni iste'mol qilmaganlari afzalroq. Agar sizda qon bosimi bilan muammolar bo'lsa, ya'ni gipertonik kasalligi mavjud bo'lsa, bu holatda shifokor bilan maslahatlashish kerak. Homiladorlar esa, ushbu o'simlikni ehtiyot bilan iste'mol qilishlari kerak, yoki dozani juda kam qilgan yo'l orqali, yoki umuman homiladorlik davrida iste'mol qilmaslik yo'li bilan. Ayrim odamlarda mahsulotning tarkibidagi moddalarga allergiya bo'lishi mumkin. Agar sizda shishishlar bo'lsa, unda zanjabil umuman mumkin emas.
O'zingizni mashaqqatli va beparvo parhezlar bilan qiynamang. Ortiqcha kilogramlarga qarshi faqat tabiiy mahsulotlarni ishlating. Zanjabil parhezi va mashqlar - chiroyli qomat va sog'lom organizm uchun kurashda ajoyib vosita, lekin yodingizdan chiqmasin, barchasi me'yori bilan. O'zingizni va sog'ligingizni avaylang.