Xotirjam qilamiz: parhezsiz ozish ilojisi bor. Bundan tashqari, bu yo'l orqali ozish, och qolgandan yoki ovqatlanishda qattiq cheklovlardan ko'ra ancha qulayroq. Bundan tashqari, parhezsiz ozsih sezarlicha foydali, ovqatlanishda keskin o'zgarishlar organizmni shok holatiga tushuradi va, albatta, sog'liq olib kelmaydi. Lekin, agar siz quyida tasvirlangan hayot tarzini ko'p vaqt davomida rioya qila olsangiz, ortiqcha vanz nafaqat yo'q bo'ladi, balki hech qachon qaytib kelmaydi ham.
Sekin ovqatlaning
10 daqiqa ichida kechki ovqatni yeb tashlash oqibatingizni yo'qoting - aksincha mazza qilib, shoshilmasdan ovqatlaning, hali ko'rasiz bu holda qorningiz tez to'yib qoladi. Qorningiz tez to'yib qolsa, demak organizmingizga kelib tushadigan ovqat miqdori ham ancha kamayadi.
Tez-tez ovqatlanib turing
"Shokoladni borsh bilan ichayotganimda uyg'onib ketdim" - latifadan ibora. Ushbu iborani hayotida bir marta bo'lsa ham ozishni harakat qilganlar tushunadi. Ovqatlanish bo'yicha cheklovlar, natijada buzilishlarga olib keladi, shuning uchun, ulardan qutilib qolish uchun, regular holda oz-ozdan ovqatlangan yaxshi. Ideal yechim bu - kuniga besh-olti marta ovqatlanish.
Menyuga ko'proq sabzavotlarni kiriting
Savzavotlar - sezilmagan holda ozish uchun a'lo variant. Shunchaki, qovurilgan kartoshka yoki boshqa yog'li garnirlar o'rnini sabzavotlarga almashtiring - bitta shu yo'lning o'zi sizga bir nechta kilogrammdan halos bo'lishga yordam beradi. Aytgancha, sabzavotlar likobchadagi ovqat miqdorini ko'proq qilib ko'rsatadi, lekin ularda kaloriyalar esa juda oz bo'ladi.
Shakar miqdorini kamaytiring
Shirin gazlangan ichimliklardan voz kechishga harakat qilib ko'ring va ertalabki qahvangizga kamroq shakar qo'shing. Yodingizda tursin, aynan u, ideal qomatning eng asosiy dushmanlaridan biridir. Agar shirinlik yeyishni istasangiz, bir ikkita mevalarni iste'mol qiling.
Ko'proq suv iching
Ideal holda kunida nafaqat ikki litr suv ichish kerak, balki har bir ovqatlanishdan oldin bir stakan suv ichish kerakdir. Bu nafaqat organizm uchun kerakli suv bilan ta'minlanishi, balki oshqozonda bo'sh joyni kamaytiradi ham. Demak, ovqatlanishdan oldin bir stakan suv ichsangiz, ovqatni kamroq yeysiz!
Tunda ovqatlanmang
Uxlashdan oldin to'liq kechki ovqatlanish kerak emasligi haqida ikki marta gapirish shart emas. Yodingizda bo'lsin, gar siz parhezsiz oson ozishni qaror qilgan bo'lsangiz, u holda kechasi yemaganingiz yaxshi. Bu holda siz nafataq ortiqcha vazn yig'asiz, balki ertalabki ishtahangizni ham buzasiz.
Kichkina likobchadan ovqatlaning
Ovqatlanib bo'lganingizdan so'ng 15-20 daqiqadan keyin to'yganingizni his etasiz, shuning uchun, yorilib ketguncha to'yib ovqatlanishga shoshilmang. Bu holatni "tutib olish" uchun, ovqatni kichkini likobchalarga soling - shu tarzda organizmingizni to'la likobcha ovqat yegan deb aldaysiz. Ko'pincha, biz ovqat yegimiz kelyapgani uchun emsa, balki tarelkada ovqat qolib ketmasligi uchun ko'p yeb yuboramiz.
80/20 tizimini sinab ko'ring
Bu dastur, ozish uchun "to'g'ri yo'lga" turganlar, lekin hali ham zarar ovqatdan butunlay bosh tortmaganlar uchun a'lo darajada mos keladi. Bu tizim bo'yicha iste'mol qilayotgan ovqatingizning 80% foydali bo'lishi kerak, 20 % - esa zararli, lekin juda mazali! Bu holat "kuyib" ketishga yo'l qo'ymaydi va doimiy tarzda qomatni saqlab qolishga yordam beradi.
Yengil-yelpi ovqatlanish kunlarini uyushtiring
Gap juda jiddiy suyuq parhez haqida emas. Shunchaki, rasioningizga ko'proq meva va sabzavotlani kiriting va masalan, qaynatilgan grechka bo'tqasi bilan kefir iste'mol qiling. Bu uslub organizmni tozalashga yordam beradi va siz o'zingizni ancha yaxshi his etasiz.
Kuniga 8 soat uhlang
To'la-to'kis uyqu va to'g'ri ovqatlanish birikmasi sizga nafaqat ortiqcha vazndan halos bo'lishga, balki o'zingizni sezarli darajada yaxshi his etishingizga yordam beradi. Yuzingiz rangi oqaradi, soch va tirnoqlaringiz mustahkamlashadi, ertalablari uyg'onish esa osonroq bo'ladi.
Sog'lom hayot tarzida eng qiyini - bu, uni rioya qilishni boshlash va zarar odatlardan voz kechish bo'ladi. Bir - ikki haftadan so'ng siz o'zingiz bilan g'ururlanasiz va doim shunday go'zal, xushbichim va yengil bo'lishni istaysiz. Ushbu uslubning asosiy ijobiy tomoni shundaki, siz odatiy hayot tarzingizni o'zgartirmasangiz ham bo'ladi va uzoq vaqt davomida sog'lom bo'lib qolish uchun, sekin-asta to'g'ri ovqatlanish odatini kiritishingiz mumkin. Agar, siz keskin tarzda bir necha kilogrammdan halos bo'lishni istasangiz, unda Smuzi diyetasi yoki Savzavotli diyetani sinab ko'ring.
Bundan tashqari, 1-1,5 kilogrammdan halos bo'lish uchun, yengil-yelpi ovqatlanish kunini uyushtirishingiz mumkin. Yodingizda tuting, bu vaznni osonlikcha 1-2 kundan so'ng qaytarib olish mumkin. Mana parhezlarsiz qanday ozishni bilib oldingiz, va endi tanlovni o'zingiz qiling!