Mazkur diyetaning eng asosiy ijobiy tomoni shundaki, o'zingizni ovqatda cheklashingiz shart emas. Agar ovqat pishirishni bilsangiz, bunday diyetadan hech qanday noqulaylik sezmaysiz: bunday taomlarda barcha zarur bo'lgan moddalar mavjud, qorin juda qattiq ochiqqanda esa, sabzi yoki bodiring yesa bo'ladi.
Regioningizda yetishtiriladigan mavsum sabzavotlarga ahamiyat bergan yaxshiroq va diyetani yoz yoki kuzda boshlagan yaxshi. Bodiring, kabachok, pomidor, redis, karam, qovoq - bularning barchasidan smuzi, sho'rva, toblama va boshqa taomlar tayyorlasa bo'ladi. Biz siz uchun uch kunga namunaliy menyu tuzdik: siz esa osonlik bilan masalliqlarni o'zgartirib mukammal ovqatlanishingiz mumkin.
Sabzavotli diyetaning optimal muddati - 7 kun, lekin uning muddatini istak bo'yicha cho'zishingiz yoki aksincha, qisqartirishingiz mumkin. Unutmang, faol ozish jarayonini yakunlaganingizdan so'ng ham, kuniga 2-3 dona sabzavot iste'mol qilishingiz kerak.
Sabzavotli parhezning ijobiy va salbiy tomonlari:
Ijobiy taraflar:
- Sahxiy bog'i bor odamlar uchun, juda foydali.
- Sabzavotlar tarkibida katta miqdorda vitaminlar va foydali moddalar mavjud.
- Ovqatlanishda foydali odatlar shakllanadi.
- Taomlar tez tayyorlanadi.
- Rasionda cheklovlar yo'q.
- Tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar assortimenti katta.
Salbiy taraflar:
- Yoz-kuz mavsumlarda parhez tutgan yaxshiroq - chunki shunda sabzavotlarda foydasi ko'p bo'ladi.
- Go'shtni xush ko'radiganlarga to'g'ri kelmaydi.
- Oshqozon-ichak trakti, buyraklar va surunkali kasalliklar zo'rayishi davrida bu parhezni tutish mumkin emas.
Sabzavotli diyeta menyusi:
1-kun.
Nonushta:
Dolchinli qovoq smuzisi
Tamaddi:
To'g'ralgan bodiringlar va selderey
Tushlik:
Sabzavotli paelya + karam smuzisi
Ikkinchi tushlik:
Istalgan meva (banan va uzumdan tashqari)
Kechki ovqat:
Baqlajon, pomidor va pishloqli toblama
2-kun.
Nonushta:
Redis va ko'katli salat
Tamaddi:
Brokoli, selderey va zanjabil smuzisi
Tushlik:
Sabzavotli pyure-sho'rva
Ikkinchi tushlik:
Qaynatilgan lavlagi va qora olxo'ridan salat
Kechki ovqat:
Damlangan kabachoklar + bir stakan kefir
3-kun.
Nonushta:
Xom karak va olmali salat
Tamaddi:
Yong'oq aralashmasi
Tushlik:
Qo'ziqorinli pyure-sho'rva
Ikkinchi tushlik:
Qirg'ichdan chiqarilgan sabzi bilan zaytun yog'i
Kechki ovqat:
Pechda tuzsiz pishirilgan qovoq + 1 stakan kefir