Топ-5 смузи для похудения от знаменитостей

Mashhur odamlardan ozish uchun Top-5 smuzilar

U juda tez tayyorlanadi: barcha masalliqlarni blenderga solish kerak halos, zarur bo'lsa suv quyish kerak va yaxshilab aralashtirish kerak. Parhez ichimlik tayyor! Biz sizlarga eng samarali smuzilar beshtaligini tayyorlab qo'ydik, ular orqali mashhur yulduzlar ozishgan.

1.Julianna Havdan lavlagi-mevali smuzi

Julianna Hav - butun olamni raqslari bilan jalb etgan mashhur raqqosa. Yosh qiz kantri-uslubdagi murakkab nomerlarni ajoyib tarzda bajaradi va qomatni nazorat qilish oson ishlardan biri emasligini juda yaxshi biladi. Lekin raqqosa o'z usulini topganga o'xshaydi: u kokos suti, avakado va bir nechta yog' ketkazadigan masalliqlarini qo'shgan holda lavlagi smuzisini tayyorlaydi. Natija a'lo - qomat a'lo.

 

2.Alessandra Ambrossiodan yashil smuzi

Supermodel Alessandra Ambrossio ham qomatini to'g'ri ovqatlanish yordami orqali saqlaydi. Modelning rasionida doimiy tarzda ismaloq, olma, bodom suti va boshqa masalliqlar qo'shilgan yaxshil smuzi kiradi. Bunday smuzi ortiqcha vazndan halos bo'lishga va organizmni tozalashga yordam beradi. Bunday kokteylni kunda bir mahal ichgan yetadi - ayniqsa sport bilan shug'ullanishdan oldin. Yashil smuzi organizmni vitaminlar bilan boyitadi va yaxshilab nagruzkalarga uni tayyorlaydi.

 

3. Gvinet Peltroudan kokosli smuzi

Gvinet Peltrou xush ko'radigan kokteyl, doim shoshadigan odamlar uchun, a'lo darajada mos tushadi. Bu smuzida atigi uchta masalliq, lekin aktrisani gapi bo'yicha, bu masalliqlarni birikmasi orqanizmni tozalaydi va hattoki badan va yuz teridagi aniq muammolar bilan kurashadi. Ammo, masalliqlardan biri bu - aloy o'simligi - uni topish oson emas, lekin ishoning: uning ta'mi va natijasi aloy o'simligini topib uni uyingizga ekkaningiz loyiqdir.

 

4. Ferjidan chernikali smuzi

Xonanda Ferji bu vitaminlarga boy va yoqimli nordon ichimlikni to'xtamay ichishi mumkin. Mazkur kokteyldagi chernika va yer tutida juda ko'p miqdorda antioksidant va biriktiruvchi to'qimalar mavjud. Aytgancha, bir stakan smuzi ovqatning to'liq porsiyasini o'rnini bosadi, shuning uchun, sahna yoki suratga olish maydonda, tez va mazali tamaddi mo'jizaga aylanadi. Agar, siz ham "qirg'oqda" yashasangiz, unda dadillik bilan detoks-kokteyllar bilan nonushta yoki tushlik qiling.

 

5. Jessika Albadan bodiringli smuzi

Aktrisa Jessika Alba o'z yoshida yaxshi ko'rinishga ega va yosh, hamda ozg'in bo'lib qolishga unga to'g'ri ovqatlanish yordam berishini aytadi. Aktrisaning rasionida muhim e'tiborga ega bo'lgan smuzilardan biri bu, bodiringli smuzi. Bodring, selderey, limon va yana bir nechta masalliqlar birikmasi haqiqatdan ham tez qorinni to'ydiradi va ortiqcha vazndan halos bo'lishga yordam beradi.

 

Haftada besh kun davomida yuqoridagi smuzilardan birini bitta taomingiz o'rniga iste'mol qilib ko'rishni harakat qilib ko'ring va atigi yetti kundan so'ng yoqimli syurprizni tarozida ko'rasiz. Bunday quyuq kokteyllarda meva va sabzavotlarga termik ishlov berilmasligi uchun, u yerda butunlay barcha foydali moddalar saqlanib qoladi. Bundan tashqari, bir kun ichida bir nechta olma, hovuch reza mevalar, bir nechta sabzavot, yong'oq va bir bog' ko'katni yeyish qiyinroq. Yoqimli va yumshoq teksturasi tufayli butun «vitamin bombasi» bitta stakanga sig'adi.

Smuzi-diyetani Sassi suvi bilan birlashtirish mumkin – agar suvni to'g'ri resept bo'yicha tayyorlasa, u ham ortiqcha kilogrammlardan halos bo'lish yordam beradi. Bundan tashqari, qorinni to'q tutadigan smuzilar reseptini ko'rib chiqishingiz mumkin, ular yog'li va qovurilgan ovqatlardan ko'ra ancha foydali.