Parhez ta'siri ko'pga saqlanib qolishi uchun, uni hayot tarziga aylantirish kerak. Lekin, barchamiz bilamizki, ayrim hollarda qisqa vaqt ichida 10 kilogrammga ozish kerak bo'ladi. Shunday qilib, kelinglar, sog'liqqa zarar yetkazmagan holda, qanday qilib ozish mumkinligini ko'rib chiqamiz.
Diyeta № 1
Bu oddiy va qimmat bo'lmagan diyetaning menyusida atigi uchta mahsulot: olmalar, qora non va kefir. Ovqatlanish bo'yicha qandaydir bir jiddiy jadval yo'q, shuning uchun xotirjamlik bilan istaganingizda ovqatlanishingiz mumkin.
Qora non qorinni to'q tutadi, kefir ichaklar mikroflorasini qo'llab-quvvatlaydi, olmalar esa organizmga kerak bo'lgan vitaminlarni beradi. Agar qo'shimcha vitaminlar kompleksini ichish imkoni bo'lsa, dadillik bilan ichishingiz mumkin: siz nafaqat ortiqcha vaznni yo'qotishingiz kerak, balki sog'lom bo'lib qolishingiz ham kerakdir.
Diyeta № 2
Mazkur ozish varianti "Sevimli" nomi ostida mashhur. Bu parhezda siz ovqatlanishning har hil turini galma-gal amal qilasiz. Kunlar jadvali quyidagicha: ichiladigan, sabzavotli, ichiladigan, mevali, oqsilli, ichiladigan, balanslashtirilgan ovqatlanish.
Ichiladigan kunlarda istalgan narsalarni ichish mumkin: suvdan boshlab, kefir, bulyonlargacha. Sabzavot va mevali kunlarda salatlarni esa bo'ladi. Oqsilli kun, eng to'yimli kun desa ham bo'ladi: siz tuxum ham tovuq ko'kragini ham yeyishingiz mumkin. Oxirgi kun barchasidan oz-oz iste'mol qiling: meva, sabzavotlar va oqsil. Parhez dvomida ko'p-ko'p toza suv ichishni unutmang.
Diyeta №3
Sabzavotli sho'rvada ortiqcha vazndan halos bo'lishga imkon beradigan oson va to'yimli diyeta. Turli xil sabzavotli universal sho'rvasi, yoki bir-ikkita sabzavotli "mono-sho'rva"ni qaynatib uni pyure qilib iste'mol qilishingiz mumkin. Ikkta variant ham parhezga juda mos hisoblandi - sho'rvani istalgan miqdorda iste'mol qilishingiz mumkin.
Albatta, uni tayyorlash jarayonida, sabzavotlarni o'simlik yog'ida qovurish va o'ta tuzlash mumkin emas. Yodingizda tursin, sho'rva parhezli bo'lishi kerak. Demak, unga kartoshka va boshqa kaloriyali mahsulotlarni qo'shish kerak emas.
Diyeta №4
Bodiring diyetasi - hammabop va juda foydali yozgi parhezlardan biridir. 1-2 kilogramm bordingni to'g'rab, tuz va murch sepib, istasangiz yengil qaymoq yoki yog' qo'shishingiz mumkin. Ta'bga ko'ra sarimsoq ham qo'shing. Bu salatni kuni bo'yi iste'mol qiling: albatta uncha yoqimli emas, lekin organizmingiz sizga rahmat deydi.
Ushbu diyetaning yaxshi tomoni, o'zingiz bilan bir nechta bodring ovolsangiz, duch kelgan joyda yeb olishingiz mumkin. Ma'lum fakt: bording 90% suvdan iborat, shuning uchun uni iste'mol qilganingizda siz to'yasiz, aslida esa siz suv ichgan bo'lasiz.
Diyeta №5
Grechka diyetasi - Rossiyada eng mashhur va hamyonbop diyetalardan biri. 10 kilogrammga tez ozish nima ekanligini to'la-to'kis sezish uchun, atigi bir hafta grechka parhezini tutish kerak halos.
Faqat grechkani qaynatish kerak emas: yaxshisi kechasi uni qaynoq suvga damlab qo'ygan yaxshi. Shu holda, unda foydali vitaminlarning ko'p miqdori saqlanib qoladi. Ushbu vitaminlar "ozyotgan" organizm uchun juda foydali.
Grechkani istalgan vaqt va istalgan joyda iste'mol qilsa bo'ladi. Parhez yengilroq o'tishi uchun, dietologlar kuniga 1 litr kefir iste'mol qilishga ruhsat berishadi.
Tez ozish imkonini beradigan beshta qattiq diyetalarni ko'rib turibsiz. Imkon qadar, har xil diyetalarni galma-gal tuting - bu holda effekt yomon bo'lmaydi, ozish esa ancha oson o'tadi. Agar diyetalarsiz ozish imkoni bo'lsa, masalan, sog'lom hayot tarzi bo'yicha, u holda aynan shu variantni tanlagan yaxshi.