Shunday qilib, agar qorningiz chiqib qolganini va bo'ksalaringiz paydo bo'lganini sezsangiz, demak, yozga qanday qilib ozish masalasi ustida o'ylash vaqti kelgan. Keskin diyetalarni chetda qoldirib, ortiqcha kilogrammlardan halos bo'lishga yordam beradiga prinsiplarni ko'rib chiqamiz.
Har kuni ertalab bir bo'lakcha limon bilan bir stakan iliq va toza suv iching.
Har kuni ertalab bir bo'lakcha limon bilan bir stakan iliq va toza suv iching. Bundan osoni bo'lmasa kerak? Lekin diyetologlar uzoq vaqt oldin bir narsani belgilashgan: ertalabki stakan suv organizmda tun bo'ylab yig'ilib qolgan zaraz moddalarni tozalaydi, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi va kun davomida ishtahani karnay qilib yubormaydi.
Kun davomida toza suv iching. Ha-ha, ertalabki stakan suv sizga kun bo'yi gazirovka, qahva va shirin sharbatlarni ichishga elk bermaydi. Barcha ichimliklar o'rnini butunlay suv yo'ki o'tli choylar bilan almashtirishga harakat qilib ko'ring, va bir necha kundan so'ng natijalarni sezasiz. Ko'pchilik suvni ichishga qiynaladi, shuning uchun, oson prinsipni qo'llashni tavsiya etamiz. Stol ustiga ikki litrlik suv butilkasini qo'yib qo'ying, va doim nazaringiz unga tushganda bir ho'plamdan iching. Aytgancha, ovqat yeyishdan 15 daqiqa oldin ichilgan suv, oshqozon hajmini kichraytiradi va ishtahani pasaytiradi!
Porsiyalar hajmini kichiqroq qiling.
Uslub ma'nosi juda oson: siz istaganingizni iste'mol qilishingiz mumkin, lekin uning porsiyasi kaftingizday bo'lishi kerak. Albatta, bir stakan chuchvara sizni ozg'inroq qilmaydi, shuning uchun, effekt kuchliroq bo'lishi uchun diyetik taomlarni tanlash kerak va ularni kichkina porsiyalarda iste'mol qilish kerak. Aytgancha, ushbu prinsipni rioya qilish osonroq bo'lishi uchun, kichkina likobcha sotib olish kerak halos. Shu tarzda, tarelka to'la bo'lgani tufayli, miyangiz ovqat ko'p deb o'ylatydi! Ovqatlanib bo'lganingizdan so'ng, qorningiz to'yganini sezasiz.
Ovqatingizni yaxshilab chaynang.
Diyetologlar har bir bo'lakchani kamida 30 marta chaynashni tavsiya etishadi - shu hol tufayli siz sezilarli darajada tezroq to'yasiz, foydali moddalar esa organizm tarafidan yaxshiroq hazm bo'ladi. Albatta, be'manilik darajasiga olib borish kerak emas, lekin, odatdagidan ko'ra hattoki sal sekinroq chaynashni boshlasangiz, ovqatdan rohatlanishni boshlaysiz.
Rasioningizga maksimal darajada meva va sabzavotlarni qo'shing.
Sabzavotlarda kaloriyalar juda kam, shuning uchun, menyuingizda ko'proq sabzavotli salatlar bo'lsa yaxshi bo'ladi. Salatlarga yengil qayla, limon sharbati yoki zaytun yog'i qo'shsa bo'ladi - taom to'yimli va yengil bo'ladi. Yodingizda tursin, meva va sabzavotlarda biriktiruvchi to'qimalar juda ko'p, ular esa ichaklarni tozalaydi va tez to'ydiradi. Aytgancha, yengil ovqatlanib olish uchun, meva va sabzavotlar a'lo darajada to'g'ri keladi - ofisda sabzi yoki olmani olib yeyish, buterbrod yoki pechenyelardan ko'ra foydaliroq. Shuning uchun, uy sharoitlarida yozga ozishni rejalashtirganingizda, birinchi navbatda meva va sabzavotlarga e'tibor qilish kerak.
Shirinlikardan keskin tarzda bosh tortmang
Keng tarqalgan firk bo'yicha, shirinliklardan keskin tarzda bosh tortish kerak emas, bo'lmasa, anavi latifadek muzlatgich oldida shokoladni borsh bilan ichyotganingizda uyg'onib qolish hodisasiga tushib qolishingiz mumkin. Konfetalarni meva qoqilari va yong'oqlar bilan o'rnini bossa bo'ladi, masalan, turshak, xurmo yoki bodom bilan. Ular sizni nafataq butun tort yeb qo'yishdan saqlashadi, balki organizmingizni ham foydali modda, vitamin va mikroelementlar bilan to'ydiradi.
Qaynatilgan - qovurilgandan ancha yaxshi
Kechki ovqatga qaynatilgan go'shtni sabzavotlar bilan iste'mol qilsa bo'ladi - bunday ovqatlanish bo'ksalaringizda ortiqcha kilogrammlar qoldirmasligi aniq. Makaronlar, oq non, kartoshka va bulochkalarni - chetga suring! Ular ortiqcha vazndan halos bo'lishga faqat halaqit beradi.
Yengil-yelpi ovqatlanadigan kunlar
Yengil-yelpi ovqatlanadigan kunlar haqida unutmang: haftada ikki kun grechka yoki sabzavotli diyeta tutsangiz, natijalaringiz ancha yaxshilashadi, vazn esa - kamayadi.
Balki hozir, bu tavsiyalar sizga juda yengil tuyulishi mumkin. Ish ta'tiliga chiqishdan oldin "og'ir karvonni" ishga tushurishni istaymiz: ortiqcha vazndan halos bo'lishga aniq yordam beradigan ochiqmoq, sport va holdan toydiradigan diyetalarni sinaymiz. Lekin bunday stressdan so'ng natijalar uzoq vaqt saqlanib qolmaydi, chunki ish ta'tiliga chiqishingiz bilan, siz ularni osonlikcha qaytarib olasiz. Ovqatlanishning to'g'ri prinsiplari esa, chiroyli xushbichm qomatni ko'p vaqt davomida saqlashga yordam beradi.