Sutli kefir
Sutli kefir – bizga tanish va barcha do'konlardan topsa bo'ladigan mahsulotdir. Bundan tashqari, uni mustaqil ravishda o'zingiz tayyorlashingiz ham mumkin, masalan, sutli qo'ziqorindan (dorixonalarda sotiladi). Sutli kefir ko'p foydali moddalarga boy va butun organizmga yaxshi ta'sir qiladi, eng muhimi esa - ortiqcha kilogrammlarni yo'qotishga yordam beradi. Lekin, uni ozish uchun ishlatishdan oldin, oshgozoningiz muhim kasaliklarga ega emasligiga amin bo'lish kerak.
Kefir diyetasini kislotaning normadan ortiqligi va oshqozon-ichak traktida ochiq yaralar bor odamlarga tutish man etiladi. Dorixona dorilarni qabul qilayotgan davrda kefirni faqat shiforok ruhsat berganidan so'ng iste'mol qilsa bo'ladi. Ushbu sutli mahsulotni ichgandan so'ng, dori-darmonlarni 3-4 soatdan so'ng ichgan afzalroq.
Kokos kefiri
Kokos kefirining asosida - kokos suvi bor. Agar ovqat hazm qilish bo'yicha qiyinchiliklar bo'lsa yoki oshqozon-ichak trakti bilan muammolar bo'lsa, lekin shunda ham ortiqcha vazndan halos bo'lishni istasangiz, unda birinchi navbatda o'z rasioningizda kokos kefirini ishlatganingiz lozim. Bilsangiz kerak, Osiyo mamlakatlarida kokos palmalari juda ko'p va u yerdagi odamlar kokos sharbatini ovqat tayyorlashda yoki ichimlik kabi doimiy tarzda ishlatishadi. Kokos tufayli ular nafaqat yosh bo'lib yurishadi, balki butun organizmlari ham sog'lom bo'lib qoladi. Ayrim mamlakatlarning antisanitariyasini hisobga olganda, kokoslar ular uchun - kasalliklardan dori. .
Qadimda odamning sog'lig'i oshqozonidan, ya'ni to'g'rirog'ini aytganda ichaklardan boshlanadi, deb hisoblangan. Diyetologlar kokos kefirini immunna tizim nozik bo'lgan hollarda, hazm qilish tartibdan chiqqanda va ovqat hazm qilish bilan bog'langan boshqa muammolar mavjudligida iste'mol qilishni tavsiya etishadi. Agar siz sutli kefir diyetasini tutgan bo'lsangiz va oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq asoratlarga duch kelgan bo'lsangiz, u holda kokos kefiri sizga yordam beradi, chunki u mikroflorani kuchli tiklantiruvchisi bo'lib keladi va yaralarni bitishga yordam beradigan xususiyatlarga ega.
Kefir diyetasi bu, juda jiddiy, lekin mashhur diyeta. Bu diyetani tutishdan oldin shifokor bilan maslahatlanishingiz kerak - bu juda muhim. (Sabablarni biz yuqorida yozib o'tdik) Bu diyeta turini uzoq vaqt davomida tutish tavsiya etilmaydi, chunki yoqimsiz natijalarga olib kelishi mumkin. Kefir juda foydali va insonning har kungi rasionida mavjud bo'lishi kerak bo'lgan mahsulotdir. Diyeta tutmasangiz ham, ushbu mahsulotni har kuni iste'mol qilsangiz, bir necha haftadan so'ng ijobiy natijalarni ko'rasiz. Organizmingiz shlaklardan tozalanishni boshlaydi, oshqozon-ichak trakti mikroflorasi esa yaxshilanadi, eng muhimi esa, ortiqcha kilogrammlar ketishini sezasiz.
Kefir diyetalarning turi juda ko'p, lekin doimo, bunday diyeta tutishdan oldin, organizmimizga quloq solishimiz kerak, va organizmimizning butun holatiga e'tibor qilishimiz kerak.
Toza mono-diyeta
Bir sutka davomida taxminan 1,5 litr shakarsiz yangi sutli kefir. Bu 1,5 litrni 5-6 ta bir xil porsiyaga bo'lish kerak va kun davomida boshqa mahsulotlarni iste'mol qilmagan holda ichish kerak. Diyetani 3 kun tutish kerak.
Meva va sabzavotlar bilan kefir
Bir sutka davomida taxminan 1,5 litr shakarsiz yangi sutli kefir. Bu 1,5 litrga 500 gr. meva yoki sabzavotlarni qo'shgan tarzda 5-6 ta bir xil porsiyaga bo'lish kerak. Kun davomida boshqa mahsulotlarni yemagan holda uni iste'mol qilish kerak. Diyetani 5-6 kun tutish kerak.
Yetti kunlik kefir diyetasi
1-kun: besh dona suvda qaynatilgan kartoshka va 1,5 litr kefir.
2-kun: 100 gr. qaynatilgan tovuq va 1,5 litr kefir.
3-kun: 100 gr. istalgan qaynatilgan go'sht va 1,5 litr kefir.
4-kun: 100 gr. istalgan qaynatilgan baliq va 1,5 litr kefir.
5-kun: meva va sabzavotlar, banan va uzumdan tashqari va 1,5 litr kefir.
6-kun: faqat kefir istalgancha miqdorda.
7-kun: mineral suv
Mazkur diyetalarni kamida 2 oyda bir marta tutsa bo'ladi!
Har bir kefir diyetasida qarama-qarshi ko'rsatgichlar bor. Yodingizda tuting, uzoq ochqishdan yoki odatiy rasion o'zgarganidan so'ng, organizmga tiklanish uchun vaqt kerak bo'ladi. Ayniqsa oshqozon-ichak traktiga tegishli, shuning uchun diyetadan so'ng yog'li ovqatlar yemagan va juda ko'p og'ir ovqatlarni ite'mol qilmagan lozimdir.
Unutmang, ortiqcha vaznni faqat bitta diyeta bilan yo'qotish ilojisi yo'q. Barchasi kompleksda yaxshi. Diyeta, to'g'ri uhlash, mashqlar, hamda to'g'ri ovqatlanish tarziga o'tish. Sog'-omon bo'ling va o'zingizni avaylang!