ТОП-10 продуктов, которые помогают похудеть

Ozishga yordam beradigan TOP-10 mahsulotlar

Siz ulardan endi tayyorlangan sharbatlar va smuzilar, salatlar tayyorlay olasiz, hattoki sho'rva va asosiy taomlarga qo'shishingiz mumkin. Muhimi, o'sha masalliqlar rasioningizda doim mavjud bo'lishi kerak.

Ularning asosiy fazilati shundaki, ular haqiqatdan ham ozishga yordam beradi. Albatta, bu mahsulotlarni to'g'ri ovqatlanish va doimiy jismoniy nagruzkalar bilan birga qo'llagan yaxshi, lekin, bu mahsulotlarni o'z rasioningizga shunchaki qo'shsangiz ham, bu g'alaba yo'lida katta qadam bo'ladi.

Shunday qilib, "Ozishga yordam beradigan TOP-10 mahsulotlar"ni ko'rib chiqamiz va ularni rasionimizga qanday qo'shishimiz mumkin ekanligini bilib olamiz.

1. Greypfrut

Deyarli, eng mashhur va hamyonbop "yog' ketkazadigan" mahsulotlardan biri. Ovqatdan so'ng iste'mol qilingan yarim greypfrut yoki uning sharbati, modda almashinuvini va metabolizmni tezlashtiradi, hamda qonda insulin darjasini tushiradi - bu garmon nafaqat qondagi glyukoza uchun, balki ... yog' qatlamlari ajralishi uchun ham javob beradi! O'zingizni tetik formada saqlash uchun, har kuni ertalab greypfrut smuzisi yoki sharbatini ichishingiz mumkin - bu mevadan smuzi va sharbat eng tez tayyorlanadi.

2. Zanjabil

Zanjabil Rossiyada atigi bir necha yil oldin mashhur bo'ldi, lekin, bu achchiq ziravorni minglab odamlar xush ko'rishadi. Achchiq ta'm - zanjabilning yagona afzalligi emas. U qon aylanishini kuchaytiradi, ovqat hazm bo'lishini yaxshilaydi, oshqozonga katta miqdordagi ovqatni o'zlashtirishda yordam beradi. Bundan tashqari, u kuchli yog' ketkazuvchi effektga ega, lekin, uni ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilish kerak: gastrit, o't qopi toshi va boshqa shular kabi kasalliklarda xavfli bo'lishi mumkin. Agar uni iste'mol qilishga hech qanday qarshi ko'rsatgichlar bo'lmasa, unda bemalol, kuniga bir mahal zanjabil bo'lakchasini iste'mol qilishingiz, yoki zanjabilli choy ichishingiz mumkin - bu sizga o'zingizni tetik his qilishingizga va ozgina vazn tashlashingizga yordam beradi.

3. Ananas

Ananas - oqsillarni titib tashlaydigan yana bitta yog' ketkazuvchi mahsulot. Qattiq go'shtni ananas marinadida marinadlab qo'ysa, natijada go'sht yumshoq bo'ladi. Albatta, muhimi oshirib yubormaslik - ananasni kilolab iste'mol qilish kerak emas, lekin, yodingizda tursin, u go'sht, baliq va katta miqdorda oqsilga ega bo'lgan boshqa mahsulotlarni hazm qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ananas qonni suyultiradi, lekin u faqat hom (ya'ni bankada yopilgani, pishirilgani emas) tarzda samarali. Qadoqlangan shirin sharbatlar sizga ortiqcha vazndan halos bo'lishga yordam bermaydi. Shuning uchun, bu ekzotik mevaning endi siqib chiqarilgan sharbati yoki bo'lakchalarini iste'mol qilgan afzal.

4. Karam

Karamda juda foydali biriktiruvchi to'qimalar ko'p, shuning uchun, u qorinni tez to'ydiradi. Karamni ko'p yeyish shart emas - hattoki 200 gramm karam to'liq ovqatlanish o'rnini egallashi mumkin. Karamda aminokislotalar, vitaminlar va mikroelementlar mavjud, bularning barchasi parher tutayotgan odam uchun zarur narsalar. Karamni butun barglarini iste'mol qilgani afzalroq: har bir bargni yaxshilab chaynang va shu tarzda tez orada qorningiz to'yadi.

5. Dolchin

Dolchin - qondagi shakar darajasini pasaytiradigan va "shirin narsa yeyib olish kerak" degan istakdan qochib qolishga yordam beradigan ziravor. Albatta agar siz sevgan bulochkalaringiz

ustiga dolchin sepadigan bo'lsangiz, bu holat ozishga yordam bermaydi. Agar bu yoq' ketkazadigan ziravorni salatga yoki, masalan, pechda pishirilgan tuzsiz qovoqqa qo'shsangiz, natijasi sizni ajablantiradi.

6. Yerqalampir

Yerqalampir hazm qilish jarayonini yaxshilaydi va mahsulotlarni tez hazm qilishga yordam beradi, hamda yog' ketkazadi. Bu mahsulot juda arzon va uni bog'dan uzib olsa bo'ladi, yoki islatgan do'kondan xarid qilib olsa bo'ladi. Yerqalampir bo'ksalarda ortiqcha yog' qatlamlari yig'ilib qolishiga yo'l qo'ymaydi, shuning uchun, uni ko'p taomlaringizga qo'shsangiz, yaqin orada yoqimli o'zgarishlarni sezasiz.

7. Malina

Yog' ketkazadigan mahsulotlardan eng shirini. Ya'ni, malina nafaqat yog' ketkazadi, balki, peshob haydaydigan xususiyati tufayli organizmdan shlak va toksinlarni chiqaradi. Malinada juda ko'p vitaminlar mavjud, ular hattoki termik ishlovdan so'ng ham yo'qolmaydi, shuning uchun, malinani nafaqat salatlarga, balki desertlarga qo'shsa ham bo'ladi. Shunday qilib, siz foydali va yoqimlini birlashtirasiz: mazali narsa iste'mol qilasiz va ortiqcha vazn yig'maysiz.

8. Ko'k choy

Ko'k choy foydasi haqida barchamiz bilamiz: ushbu ichimlikdagi antioksidantlar darajasi juda baland, uning xususiyatlari esa ajablantiradi. Uning tarkibida ozishga yordam beradigan moddalar mavjud, hamda modda almashinuvi va metabolizmni tezlashtiradi. Shu tufayli, hazm qilish jarayoni tezlashadi, mikroelementlar va vitaminlar esa yuqori tezlik bilan organizmda o'zlashtiriladi.

9. Olma va noklar

Mazkur mevalar pektinga juda boy, shuning uchun, bir dona olma ham qorinni to'q tutadi. Bundan tashqari, shirinlik yegisi kelganlar uchun zo'r variant: olma va noklarda shakar miqdori yetarli darajada mavjud, shunda, glyukoza talabini qondirgandan so'ng, qomatda salbiy natijalar qoldirmaydi.

10. Suv

Turli xil diyeta va ovqatlanish rejimida, kuniga bir yarim-ikki litr suv ichishni hech qachon unutmang. Suv toza bo'lishi kerak. Organizmda suv yetishmasa, metabolizm sekinlashadi va badanimiz suyuqlik "ajratishni" boshlaydi va natijada ishishlar paydo bo'ladi. Muhim! Suvni o'rnini choy, qahva, sharbatlar, shiring gazlangan suvlar bilan bosish mumkin emas - ular aksincha suvsizlantiradi. Albatta, ularni ichishingiz mumkin, lekin toza suv haqida unutmang, ayniqsa diyeta paytida. Biz ko'pincha chanqoqni ochiqish bilan adashtiramiz, shuning uchun, bir stakan mineral suvi bizni navbatdan tashqari tamaddidan qutqaradi.